KNIS KARL
KNIS KARL (1821 -1892) — nemis iqtisodchisi, uningcha, iqtisodiy qonunlar yo’q va tabiiy qonunlar bor. Karl xususiy mulk va kapitalizmni abadiy deb hisoblagan. Iqtisodiy siyosatga katta o’rin bergan.
KNIS KARL (1821 -1892) — nemis iqtisodchisi, uningcha, iqtisodiy qonunlar yo’q va tabiiy qonunlar bor. Karl xususiy mulk va kapitalizmni abadiy deb hisoblagan. Iqtisodiy siyosatga katta o’rin bergan.
KO’CHMAS MULK — yer, tabiiy hududlar va yer bilan bog’langan mulk. Yerga egalik huquqlari ham ko’chmas mulkka kiradi.
KLEYTONNING TRESTLARGA QARSHI QONUNI — AQSH Kongressi tomonidan 1914-yilda qabul qilingan qonun. Unda qaysi qonun hujjatlarini “Savdo erkinligini cheklash” deb hisoblash lozimligi ko’rsatib berilgan.
KLIRING NUQTA (MUVOZANAT NUQTASI) — bozorda talab va taklifning teng bo’lishi yoki talab bilan taklif chiziqlarining kesishish nuqtasi.
KELISHUV — nizoli holatda muvaffaqiyatli chiqishning eng muhim sharti.
KICHIK BIZNES — bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda o’ziga mustaqil mayda korxonalarning daromad olish maqsadida amalga oshiradigan faoliyati.
KIRITILADIGAN XARAJATLAR — kelgusida daromad olib keladigan sotib olingan va mavjud bo’lgan resurslar.
KERI GENRI CHARLZ (1793-1879) — amerikalik iqtisodchi, “Manfaatlar uyg’unligi” (1872) asari muallifi. Shu g’oyaning tarafdori bo’lgan, millatlar uyg’unligi g’oyasini ilgari surgan, Rikardo va Maltusga qarshi chiqqan. Erkin savdoni rad etdi, … Read More
KENGASH — muayyan masalani muhokama etish va oqilona qaror qabul qilish maqsadida uyushtiriladigan majlis.
KELTIRILGAN NARXLAR — inflyatsiya sur’atiga moslab to’g’rilangan narxlar.