Kuzatish texnologiyasi
Kuzatish texnologiyasi-ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish davomida tadqiqotning amaliy jihatlarini muayyan alogirtmik tizimda amalga oshirish texnologiyasi.
Kuzatish texnologiyasi-ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish davomida tadqiqotning amaliy jihatlarini muayyan alogirtmik tizimda amalga oshirish texnologiyasi.
Kulliyot (arabcha-to’la, butun) – muayyan adibning to’la yoki asosiy asarlari to’plami.
Kuzatish metodi-1) ob’yektiv borliqdagi narsa-hodisalarni tizimli, uzluksiz, batartib, mukammal idrok qilish jarayoni; 2) psixologik-pedagogik tadqiqotlardagi asosiy empirik metodlardan biri. Psixologik-pedagogik hodisani maqsadga qaratilgan tizimli o’rganishda muayyan sharoitlarda ulardagi xususiy o’zgarishlar … Read More
Kredit-(European Credit Transfer System-ECTS)-sinovdan o’tdi (zachyot), o’quv muassasasida ma’lum bir kursni o’tganlik haqida guvohnoma.
Kreativlik (ijodiylik)-qandaydir yangi, betakror narsa yarata olish layoqati, badiiy shakl yaratish, fikrlash, g’oya va yechimga olib keluvchi aqliy jarayon.
Kreativ testlar – (lotincha creatio-ijod qilish, yaratish)-shaxsning ijobiy layoqatini o’rganish va baholash metodikalari majmuasi.
Korreksion-tarbiyaviy ishlar-anomal bolalarni sog’lomlashtirishga qaratilgan ta’lim-tarbiyaviy tadbirlar.
Korreksiya-ruhiy, jismoniy kamchiliklarni bartaraf etish va tuzatishga yo’naltirilgan pedagogik da’volovchi tadbirlar tizimi.
Koreys tili o’qitish metodikasi-1) koreys tili ta’limi nazariyasi hamda metodikasi bo’yicha talabalarga muayyan bilim, ko’nikma, malakalar hosil qilishga yo’naltirilgan o’quv fani; 2) koreys tili o’qitish metodikasi xususiy pedagogikaning alohida tarmog’i.
Koreys tili xonasi-koreys tili fanini o’qitishda dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarni samarali tashkil etishga qaratib maxsus jihozlangan o’quv xonasi.