Ko’pchish (shishish)
Ko’pchish (shishish) – tana yuzasining tashqi normal yo’nalishi bo’yicha mahalliy deformatsiyasi. Masalan: gruntning ko’pchishi, poydevorning notekis ko’pchishi va hokazolar.
Ko’pchish (shishish) – tana yuzasining tashqi normal yo’nalishi bo’yicha mahalliy deformatsiyasi. Masalan: gruntning ko’pchishi, poydevorning notekis ko’pchishi va hokazolar.
Ko’priksozlik – tabiiy va sun’iy to’siqlar: daryolar, bo’g’ozlar, vodiylar, jarlar, daralar, kanallar, boshqa yo’llar va shu kabi transport tizimlarining yagona tarmoq ulanmalari orqali transport vositalari va odamlar o’tishini ta’minlaydigan muhandislik … Read More
Ko’prik polotnosi – transport vositalaridan bevosita og’irlikni qabul qiluvchi va oraliq tuzilmaning boshqa qismlariga uzatuvchi, ko’prik oraliq qurilmasi.
Ko’prik bo’shlig’i – hisobiy yuqori suv sathida o’lchangan, ko’prik osti bo’sh fazo ufqiy o’lchamlar yig’indisi.
Ko’pirish (ko’piklashish) – gaz yoki bug’ning kiritilishi yoki chiqarilishi hisobiga ushbu material hajmida g’ovakli strukturani shakllantirgan holda suyuq material hajmining oshishi.
Ko’pikli g’ovak beton – tsement, qum, suv va ko’pikli vositadan tashkil topgan eritmaning qattiqlashishi natijasida olingan, butun hajm bo’ylab yopiq g’ovaklar (pufakchalar) tufayli pufakchali tuzilishiga ega bo’lgan g’ovakli beton.
Ko’pik shisha (issiqlik o’tkazmaydigan shisha ashyo) – ko’pikli shisha massasi bo’lgan issiqlik izolyatsiyalovchi material. Ko’pikli shisha ishlab chiqarish uchun silikat shishalarning taxminan 1000C haroratda yumshash va ko’piklash xususiyatidan foydalaniladi.
Ko’piklanuvchi yelim – past zichlikdagi polimer yelim, qo’llash paytida ko’piklanadi, bu teshiklar va yoriqlarni intensiv to’ldirishni ta’minlaydi.
Ko’pik hosil qiluvchi qo’shimchalar – yuza faol organik moddalar bo’lib, ular talab etilgan karralik va bardoshlikka ega bo’lgan texnik ko’pik olish imkonini ta’minlaydi, bu moddalarni beton komponentlar bilan aralashtirish yacheykali … Read More