LESHCH
LESHCH — karpsimonlar oilasiga mansub baliq.
LESHCH — karpsimonlar oilasiga mansub baliq.
LEMMA (Yunoncha lemma) — matematikada bir yoki bir necha teoremalarni isbotlashda foydalaniladigan yordamchi jumla (mulohaza). Lemma atamasini yunon geometrlari kiritgan. Arximed asarlarida ko’p uchraydi.
LEKTSIYA (lotincha lectio — o’qish) — o’quv yurtlarida yoki omma orasida biror mavzu yuzasidan og’zaki bayon tarzida o’tkaziladigan mashg’ulot.
LEK — Albaniya Respublikasi pul birligi. 1947 yildan muomalaga kiritilgan. 1 Lek=100 kindarkin. Xalqaro ifodasi ALL. Xalqaro valyutalar kursi bo’yicha 1 AQSh dollari =129,47 Lek (2003, mart).
LEYKO … (Yunoncha leukos — oq) — qo’shma so’zlarning tarkibiy qismi bo’lib, oq rangga aloqadorlikni bildiradi (masalan, leykositlar).
LENTO (italyancha lento — sekin) — musiqa ijrochiligida sekin (largolan tezroq) sur’at.
LEYPSIG UNIVERSITETI — Germaniyadagi qadimgi va yirik universitetlardan biri. 1409 yil tashkil etilgan. Tibbiyot, siyosiy iqtisod, tarix, matematika, fizika, kimyo, biologiya, ilohiyot va boshqa ixtisosliklar bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydi. Universitetda 90 … Read More
LEYKOPLASTLAR (leyko… va Yunoncha plastos — yopishtirilgan) — o’simlik hujayralari tsitoplazmasidagi rangsiz tanachalar.