Landshaft qulayligi

Landshaft qulayligi – landshaftning inson yaxshi dam olishi, psixo-emotsional va funksional muvozanatni qo’lga kiritish ehtiyojlariga muvofiqligi darajasi; landshaftning odamlar hayoti uchun biotibbiyot va ijtimoiy-psixologik qulayligini shartli-baholash mezoni.

Langar

Langar – 1) kemani bir joyda ushlab turish uchun mo’ljallangan tuzilmalardan biri; 2) cho’zmalar, ustunlar konstruksiyalarining tayanchlari, osma ko’priklar va boshqalarni biriktirish uchun yerga mahkam o’rnatilgan jihoz.