Munofirat, munofarat

Munofirat, munofarat (Arabcha — nomunosiblik, hamohangsizlik) — musulmon Sharq musiqa nazariyasida yoqimsiz eshitiladigan tovushlar va bo’d (interval)lar nomi. Aksi — muloyimat.

Muntazam qo’shinlar

Muntazam qo’shinlar — qat’iy belgilangan shtat asosida tashkil etiladigan, qonun va Ustavga ko’ra komplektlanadigan, muayyan xizmat va o’quv muddatini o’taydigan doimiy armiya qo’shinlari.

Muntaxab

Muntaxab (Arabcha — ajratib olingan, tanlangan) — 1) biror ijodkorning tanlangan asarlari to’plami; 2) fan, adabiyot va san’atga oid masalalarning eng muhimlarini qisqacha tushuntirib beruvchi asar. Odatda, bir necha muallifning … Read More

Munchoqtepa

Munchoqtepa, Qorovultepa qadimgi shahar xarobasi (miloddan avvalgi 1-asr — milodiy 14-15-asrlar). Janub-Surxon suv omborining shimoliy chekkasida joylashgan. Ark va mudofaa devori bilan o’ralgan shahristondan iborat. Miloddan avvalgi 1— milodiy 6-7-asrlarda … Read More

Murakkab sonlar

Murakkab sonlar — ikkitadan ortiq bo’luvchiga ega bo’lgan natural sonlar. Masalan, 4 ning bo’luvchilari 1, 2, 4; 10 ning bo’luvchilari 1, 2, 5,10 bo’ladi. Murakkab sonlarni doim tub ko’paytuvchilarga ajratish … Read More

Muratova Rahimaxon

Muratova Rahimaxon (1950.10.12, Quvasoy shahri) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). Farg’ona pedagogika institutini tugatgan (1973). 1973 yildan Quvasoy shahridagi 2-maktabda nemis tili o’qituvchisi. Darslarni yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil … Read More

Murobitlar

Murobitlar (Arabcha — rabotda yashovchilar) — shimoliy Afrikadagi Zohid, darvishlarning harbiylashgan diniy jamoasi a’zolari. 11 —12-asrlarda Murobitlar Marokashni zabt etgan va Al-Murobitun sulolasi va davlatiga asos solgan. Keyinroq musulmon avliyolarini, … Read More

Murodov Normoy

Murodov Normoy (1947.6.8, Qamashi tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (2001). Buxoro pedagogika institutini tugatgan (1973). 1966 yildan Buxoro shahridagi 24-ko’zi ojiz bolalar maxsus internat maktabida matematika fani o’qituvchisi. Murodov … Read More

Murtad

Murtad (Arabcha — orqaga qaytgan, chekingan) — Islom tarixida dindan qaytgan, undan voz kechgan odam. Bunday odamlar eng katta gunoh qilgan hisoblanib, o’limga hukm etilgan.

Murtak

Murtak — o’simliklarda yangi individ boshlang’ichi. Murtak xaltachasidagi tuxumhujayraning urug’lanishidan vujudga keladigan zigotadan yoki nusellus hujayrasidan rivojlanadi.