Murshid
Murshid (Arabcha — yo’l ko’rsatuvchi) — tasavvufning tariqat odoblaridan saboq beruvchi pir, Shayx va ustoz.
Murshid (Arabcha — yo’l ko’rsatuvchi) — tasavvufning tariqat odoblaridan saboq beruvchi pir, Shayx va ustoz.
Musavvir (Arabcha — rassom) — turli tasvirlar ishlovchi, rasm chizuvchi ijodkor. San’atshunoslikda O’rta Osiyo tasviriy san’atida o’rta asrlarda ijod qilgan san’atkor (rassom) larga nisbatan qo’llanilgan.
Musahhih (Arabcha), korrektor — bosmaxona nusxalarida terishda yo’l qo’yilgan xatolarni tuzatuvchi tahririyat, nashriyot, bosmaxona xodimi. Musahhihning vazifasiga muallif qo’lyozmasini tekshirish (orfografik, punktuatsion xatolarni tuzatish, abzaslar qo’yish va hokazolar) ham kiradi.
Mustaqillik — davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram bo’lmay faoliyat ko’rsatishi. Mustaqillik tamoyillariga rioya etish davlatlararo o’zaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish o’zaro … Read More
Mushukko’z — mineral, 1) xrizoberillning qimmatbaho xili (tsimofan); 2) kvarsnit yashilroq, kulrang, och sariq rangli, asbest va boshqa tolali hamda ignasimon minerallar qo’shilgan xili. Ipaksimon tovlanadi. Qattiqligi 7; zichligi 2,6 … Read More
MUQARRIBUN (Arabcha — yaqinlashtirilganlar) — Qur’onda to’rt bosh farishta (Jabroil, Azroil, Mikoil, Isrofil)ning umumiy nomi. Islom aqidalarida ular Allohga eng yaqin farishtalar deb ta’riflanadi.
Melanxoliya — depressiyaning eski nomi.