Melanxolik

Melanxolik (lotincha Melancholia — qora safro) — 1) depressiyaga, g’amginlik, tushkunlik kayfiyatiga moyil kishi; 2) Gippokrat ta’limotiga ko’ra, 4 mizojning biri. Yuksak darajadagi ta’sirchanlik va hissiyotning nisbatan sust ifodalanishi.

Melaneziyaliklar

Melaneziyaliklar — xalqlar guruhi (eng yiriklari: fijiylar, kanaklar va boshqalar). Melaneziyaning tub aholisi 1,7 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Melanez tillari guruhida so’zlashadi. Dindorlari — protestantlar, katoliklar; an’anaviy diniy e’tiqodlarga sig’inuvchilar … Read More

…Meyster

…Meyster (nemischa Meister — usta) — o’zlashma qo’shma so’zlar, mansab va unvonlarning tarkibiy qismi bo’lib, biror sohaning ustasi, mutaxassisi degan ma’noni ifodalaydi (masalan, baletmeyster, grossmeyster).

Mezopauza

Mezopauza (mezo… va lotincha pausa, Yunoncha pausus — to’xtash, tugash) — mezosfera bilan termosfera oraligida joylashgan o’tish qatlami. Balandligi 86 -90 kilometrni tashkil etadi.

Mezon

Mezon (Arabcha — tarozi) — 1) zodiak yulduzlar turkumi (Libia). Ung yorug’ yulduzi 2,6 vizual yulduz kattaligida Ilon, ilon eltuvchi, Aqrab, Sunbula yulduz turkumlari orasida joylashgan. O’zbekistonda qish oxiri, bahor … Read More

Mezoiqlim

Mezoiqlim (mezo… va iqlim) — tub ma’nodagi iqlim bilan mikroiqlim orasidagi iqlimiy sharoitlar. Nisbatan kichik hudud iqlimi. Masalan, kichik tog’ vodiysi iqlimi, shahar iqlimi, sohil iqlimi va hokazolar. Mezoiqlim taxminan … Read More

Mezo.., Mez…

Mezo.., Mez… (Yunoncha mesos — o’rta, oraliq) — o’zlashma qo’shma so’z bo’lagi. O’rtacha hajm va kattalikni yoki oraliq holatni ifodalaydi (masalan, mezozoy erasi, mezolit).

Megafon

Megafon (Mega … va …fon) — tovushni ma’lum yo’nalishda kuchaytirib tarqatadigan radiokarnay. Ko’pincha, konussimon suyri shaklda alyuminiy qotishmasidan yasaladi, dastasi ham bo’ladi. Radiokarnayning soplosimon kengayib borishi hisobiga tovushni jamlab kuchaytirib … Read More