MALAYYALAR

MALAYYALAR — 1) Janubiy-Sharqiy Osiyoda yashaydigan, indonez til lahjasida so’zlashadigan xalqlarning qadimdan keng tarqalgan nomi; 2) Malayziya (12,8 million kishidan ortiq), Indoneziya (10,8 million kishi, asosan, Kalimantan va Sumatra orollarida), … Read More

MALAGASILAR

MALAGASILAR (malgashlar) — xalq. Madagaskarning asosiy aholisi. 12,79 million kishi (1990- yillar o’rtalari). Ozgina qismi Reyunonda, Seyshel va Komor orollarida yashaydi. Malagasi tilida so’zlashadi. Ko’pchiligi an’anaviy diniy e’tiqodlarga sig’inishadi. Xristian … Read More

MAKSIMUM

MAKSIMUM (lotincha maximum — eng ko’p, eng katta) — eng ko’p (katta) yoki chegaraviy mikdor (kattalik)ni, eng kata hajm, eng yuqori chegara, oliy darajani ifodalaydigan tushuncha; minimum tushunchasining aksi.

MAKSVELL

MAKSVELL — magnit oqimi o’lchov birligi. Mks bilan ifodalanadi. J. K. Maksvell nomiga qo’yilgan. Maksvell — magnit induktsiyasi 1 Gs bo’lgan maydon kuch chiziqlariga tik joylashgan konturning 1 santimetr kvadrat … Read More

MAKROSTRUKTURA

MAKROSTRUKTURA (makro … va tuzilish), makrotuzilish — qattiq jismlar (minerallar, metall, qotishma va boshqalar) ning oddiy ko’zga yoki lupalar orqali ko’rinadigan tuzilishi.

MAKRORELEF

MAKRORELEF (makro… va relef) — yirik relef shakllari: tog’ tizmalari, yassitog’liklar, paettekisliklar. Yer yuzasi katta qismlarining umumiy qiyofasi Makrorelefga bog’liq bo’ladi.

MAKRON

MAKRON — Eron tog’ligining Janubiy- Sharqiy chekkasidagi tog’lar, Eron va Pokistonda. Ho’rmuz bo’g’ozidan Kvetta shahri yaqinigacha yoy shaklida 1150 kilometr masofaga cho’zilgan. Balandligi 1000-2000 metr, eng baland joyi 2293 metr. … Read More

MAKROLANDSHAFT

MAKROLANDSHAFT (makro… va landshaft) — yirik tabiiy geografik birliklar — o’lkalar, zonalar, provintsiyalar va okruglar landshafta. Masalan, Ustyurt platosi landshafta, Qoraqum landshafti, o’rmon landshafti va hokazolar.

MAKRO …

MAKRO … (Yunoncha macros — katta, uzun) — qo’shma so’zlar bo’lagi. Katta, yirik, uzun ma’nolarini bildiradi (mikro … ning aksi). Masalan, makroiqlim, makromolekula, Makroiqtisodiyot.