MO’JIZA

MO’JIZA (Arabcha — ojiz qoldiruvchi) — diniy ta’limotga ko’ra, oddiy insonlar qilishdan ojiz, payg’ambarlargagina Xudo tarafidan berilishi mumkin bo’lgan xislat, Xudoning xohishi bilangina amalga oshadigan hodisa. Ko’chma ma’noda — umuman … Read More

MO’NDI

MO’NDI — sopol ko’za turi; ogzi tor, qorni keng shaklda, dastasiz bo’ladi. Suyuqlik solib qo’yishda foydalanilgan.

MO’MINOVA HALIMA ABDULLAYEVNA

MO’MINOVA HALIMA ABDULLAYEVNA (1950.20.12, Bo’stonliq tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1998). Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1974). 1972— 77 yillarda Chirchiq shahridagi 2-maktabda, 1977-82 yillarda 16-maktabda, 1982 yildan 21maktabda boshlang’ich … Read More

MAGNIT TOG’I

MAGNIT TOG’I — Janubiy Uralning Sharqiy yon bag’ridagi tog’ (Rossiya Federatsiyasining Chelyabinsk viloyatida). Mutlaq balandligi 614 metr. Asosan, granit, porfirit va marmarlardan tarkib topgan. Magnitdan qazib olinadigan temir rudasi Magnitogorsk … Read More

MAGAZIN

MAGAZIN (Arabcha — ombor) — 1) chakana savdo korxonasi, do’kon, savdo binosi (masalan, oziq-ovqat Magazini, sanoat mollari Magazini va boshqalar); 2) obligatsiyalar oldi-sotdisi bilan shug’ullanuvchi dilerlik kompaniyasini ifodalaydigan atama.

MAVHUM TASVIR

MAVHUM TASVIR — linza, ko’zgu kabi optik buyumlar yoki ulardan tashkil topgan optik tizimdan o’tayotgan yorug’lik nurlarining aks yo’nalishidagi davomining o’zaro kesishishidan hosil bo’lgan tasvir. Mavhum tasvirni bevosita ekranda hosil … Read More

MAVHUM SONLAR

MAVHUM SONLAR — I ko’rinishidagi kompleks sonlar. Bu sonlar manfiy haqiqiy sonning kvadrat ildizi bo’lgani uchun kompleks sonlar kiritilguncha «mavhum» bo’lib tuyulgan.

MAVHUM BIRLIK

MAVHUM BIRLIK — R = -1 xossa b-n ta’riflanadigan son. Haqiqiy sonlar maydoni vositasida kengaytirilsa, kompleks sonlar maydoni hosil bo’ladi.