Mo’min
Mo’min-dinga ishonuvchi, dinga sodiqligini til va iqror bilan hamda qalban tasdiqlovchi, imonli, xudojo’y. Mo’min nomi Allohning sifatlaridan biri bo’lib, bandalarini asrovchi, ular xavfsizligini ta’minlovchi ma’nolarini anglatadi

Muhtojiddin-dinning ehtiyojini qondiruvchi, din uchun mehnat qiluvchi bola
Muhtoj-intiqlik bilan, muhtoj bo’lib kutilgan bola
Muhtasham-ko’rkam, ulug’vor yoki hurmatli qadrli
Muhtasam-o’zini tutuvchi, saqlanuvchi, pokiza, xudojo’y
Muhtarama-hurmatli, e’zozli qiz
Muhtaram-hurmatli, qadrli, yuksak e’zozga sazovor
Muhsintoy-karamli, yaxshiliklar qiluvchi, qadrli, erkatoy o’g’il
Muhsiniddin-dinning karamli, xayru saxovatli farzandi
Muhsinali-Alining saxovati, muruvvati, ehsoni bo’lgan bola