Mexanizatsiyalash

Mexanizatsiyalash – (inglizcha: mechanization, nemischa: mechanisierung) mahsulotning funksional maqsadini o’zgartirmagan holda uning strukturaviy elementlariga o’zgartirishlar kiritish. Bu atama mashina tomonidan bajariladigan jarayon yoki ishni anglatadi. Masalan: pardozlash ishlarini mexanizatsiyalash, to’la … Read More

Metr

Metr – 1) o’nlik o’lchovlar tizimidagi asosiy o’lchov birligi, meridianning qirq milliondan biriga teng uzunlik birligi (100 sm.) hisoblanadi; 2) o’lchagich, biror narsani o’lchash uchun santimetrga bo’linadigan uzunlikdagi chiziq.

Metatenk

Metatenk – 1) tindirgichlarda ajralib chiquvchi oqova suvlar cho’kindilarini havosiz sun’iy isitib, achitish yo’li bilan zararsizlantirish inshooti; 2) metan ishlab chiqarish uchun suyuq organik chiqindilarni anaerob fermentatsiya uchun qurilma.

Metallning eskirishi

Metallning eskirishi – me’yoriy sharoitda o’tuvchi yoxud o’z-o’zidan, tabiiy eskirish yoxud qizdirilganda (sun’iy eskirish) bir vaqtning o’zida mustahkamligi va qattiqligini ko’payishiga, yumshoqligi va qovushqoqligini kamayishiga olib keluvchi metallar xossalarining o’zgarishi.