Nelson g’o’zasi

Nelson g’o’zasi (Gossypiutn nelsonii Frux.) — yovvoyi g’o’za turi. Birinchi marta 1974 yilda amerikalik olim P. Friksel ta’riflab bergan. Avstraliyaning shimoliy-g’arbiy qismida, tog’ massivining shimoliy tomonidagi qoyalar bag’rida tarqalgan. Nelson … Read More

Nektarxo’rlar

Nektarxo’rlar (Nektariniidae) -sayroqi chumchuqsimonlar oilasi. Uzunligi 9,5—25 santimetr. Tumshug’i uzun, ingichka, ko’pincha pastga egilgan, narining patlari modasiga nisbatan chiroyli, yaltiroq. 8 urug’i, 104-115 turi subtropik va tropik mintaqalar (Afrika, Janubiy … Read More

Nekropol

Nekropol (Yunoncha nekros — o’lik, polls — shahar) — qadimgi qabriston. Bu atama antik va ilk o’rta asrlar davridagi qabristonlarga taalluqli. Nekropollar shakli, tuzilishi, ko’mish odati, ijtimoiy-etnik buyumlari bilan bir-biridan … Read More

Neyrogliya, gliya

Neyrogliya, gliya — nerv tuqimasining hujayra elementlari; nerv hujayrasi {neyron), o’simtalari va miya kapillyarlari oralig’ini to’ldirib turadi. Neyrogliyada makrogliya va mikrogliya hujayralari tafovut qilinadi. Makrogliya ektodermami rivojlanadi; ependima gliyasi, astrositlar … Read More

Nekroz

Nekroz (Yunoncha nekrosis — o’lish) — 1) tirik organizmdagi hujayra, to’qima, butun a’zo yoki uning bir qismi nobud bo’lishi. Kimyoviy yoki fizik ta’sirlar (harorat, elektr toki, kuchli kislota yoki ishqorlar, … Read More

Naqarot

Naqarot — qo’shiqning har baytidan so’ng muntazam ravishda takrorlanib turuvchi qismi. Naqarotning she’riy matni, odatda, to’rtlik yoki baytdan tashkil topib, tugal badiiy obrazni ifodalaydi. Naqarot musiqa asarining ikkinchi kuy davriyasi, … Read More

Neandertallar

Neandertallar — qadimgi qazilma odamlar, paleoantroplarning bir guruhi. Neandertallar skelet qoldiklari (bosh miya qutisi, qovurg’alarning bo’laklari, yelka hamda son suyaklari va boshqalar). 1856 yilda neandertal vodiysida (GFR ning Dyusseldorf shahri … Read More

Na’matak

Na’matak (Rosa) — ra’nodoshlar oilasiga mansub butalar turkumi. Bo’yi 3 metrcha. Bargi tok, patsimon murakkab, poyada ketma-ket joylashadi. Guli xushbo’y, rangi har xil, yakka yoki 2-3 tadan o’rnashgan. Mevasi shirali, … Read More

«Nashtar»

«Nashtar» — satirik kinojurnal. 1966 yilda «O’zbekfilm» qoshida Sami Abduqahhor, Anatoliy Qobulovlar tashabbusi bilan tashkil etilgan. Kundalik hayotda uchraydigan ijtimoiy illatlarga qarshi satira, yumor yordamida kurashish «Nashtar»ning asosiy vazifasidir. Har … Read More

Nizomiy Xo’qandiy

Nizomiy Xo’qandiy (taxallusi; asl ism-sharifi Nizomiddin MuhamMadaminxo’ja o’g’li) (17-asr oxiri — 18-asr boshi) — shoir. Buxoroda tahsil ko’rgan. Nizomiy Xo’qandiydan falsafiy mazmundagi «majmuat ul-maqosid» («maqsadlar majmuasi») nomli kitob, 300 ga … Read More