NUMEA
NUMEA — yangi Kaledoniya (Frantsiya mulki)ning ma’muriy markazi va eng katta shahri. Yangi Kaledoniya orolining Janubiy-Sharqiy sohilidagi port. Nikel, xromit va kobalt eritish zavodlari bor. Numea porti orkali chetga nikel, … Read More
NUMIJKAT — qadimda Buxoroga yaqin, lekin undan alohida bir shahar bo’lib, so’ng bu ikki shahar bir-biriga qo’shilib ketgan. Shuning uchun Buxoro goho «Numijkat» deb ham atalgan.
NUR OPTIKASI — yorug’lik nurining tarqalish, chegara sirtdan qaytish va sinish qonuniyatlarini o’rganuvchi optika bo’limi.
NURALIYEVA MUHABBAT (1954.10.5, Sariosiyo tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). Dushanba pedagogika institutini tugatgan (1977). 1973 yildan Denov tumanidagi 41-maktabda, 1976 yildan 42-maktabda matematika fani o’qituvchisi.
NURISTONILAR — Afg’onistonning shimoli-sharqidagi qardosh qabilalar guruhi (kati, vaygallar, ashkuni, prasun), 150 ming kishi (1990-yillar o’rtalari); Pokiston bilan qo’shni rayonlarda (10 ming kishi) ham yashaydi. Nuriston tillarida so’zlashadi. Dindorlari — … Read More
NURLI TOSH, nur sochuvchi tosh — amfibollar guruqiga mansub mineral.
NURSIMONLAR, nurlilar soxta oyoqlilar sinfiga mansub bir hujayrali hayvonlar kenja sinfi.
NURUMOVA AYITJON YOQUBOVNA (1954.10.9, To’rtko’l tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1996). ToshDUni tugatgan (1979). 1973 yildan To’rtko’l tumanidagi 15-maktabda tarix o’qituvchisi. O’quvchilarga Vatan tarixi, boy madaniy merosi bo’yicha darslarda … Read More