NOMINAL ISH HAQI
NOMINAL ISH HAQI — pul shaklidagi ish xaqi; ishchi va xizmatlarning soat, kun, hafta, oy davomida o’z mehnati evaziga oladigan daromadi hisoblanadi. Tovarlar narxlari va xizmatlar ko’rsatish haqiga bog’liq bo’lmagan … Read More
NOMINAL ISH HAQI — pul shaklidagi ish xaqi; ishchi va xizmatlarning soat, kun, hafta, oy davomida o’z mehnati evaziga oladigan daromadi hisoblanadi. Tovarlar narxlari va xizmatlar ko’rsatish haqiga bog’liq bo’lmagan … Read More
NISHON (tibbiyotda) — odamning biror tashqi a’zosi nuqsoni (mas, tirtiq lab, bo’ri jag’, quloqdagi ortiq, ortiqcha barmoq va boshqalar).
NOLA — musiqa bezaklaridan biri. Ashula aytganda so’zning bir bo’g’inida ovozni tebratib cho’zish. Ko’proq lirik kuylar ijrosida qo’llaniladi.
NOEVKLID GEOMETRIYALAR — Evklid geometriyasidan farqli bo’lgan barcha geometriyalar. Masalan, Lobachevskiy geometriyasi, Riman geometriyasi, Minkovskiy geometriyasi va hokazolar. Tekislikda 9 ta, fazoda esa 27 ta geometriya mavjud.
NOVGARZON DOVONI — Ohangaron va Farg’ona vodiylarini tutashtirib turuvchi dovon. Qurama tizmasining suvayirg’ich qismida, 2200 metr balandlikda. Novgarzonsoy vodiysida. Dovonning ikki tomonidagi yon bag’irlari archa bilan qoplangan.
NOBILE (NOBILE) UMBERTO (1885— 1978) — italyan dirijabl konstruktori va sayohatchisi. R. Amundsen ekspeditsiyasida o’zi qurgan «Norvegiya» dirijablida ishtirok etgan (1926), «Italiya» dirijablida shim. qutbga qilingan ekspeditsiyasiga rahbarlik qilgan. Nobile … Read More
NIHOL — ekilgan urug’dan tuproq yuzasiga unib chiqqan o’simlik.
NISH, o’sish nuqtasi — o’simliklar novdasi va ildizining uchki konussimon qismi. Yangi hujayralar hosil qiluvchi to’qima (meristema)dan iborat. Birlamchi to’qima va organlarning shakllanishini, ularning o’sishini ta’minlaydi.
NITRATLI O’G’ITLAR — tarkibida nitrat shaklidagi azoti bor o’g’itlar.