NEYTRALLASH

NEYTRALLASH, neytrallanish reaktsiyasi, neytralizatsiya — kislota xossasiga ega bo’lgan moddalarning asos xossasiga ega bo’lgan moddalar bilan o’zaro ta’sir etishishi natijasida ikkala birikmaning o’ziga xos xususiyatlarini yo’qotishi. Neytrallash reaktsiyasi kimyo sanoatida, … Read More

NEYROPSIXOLOGIYA

NEYROPSIXOLOGIYA — psixologiya sohasi; psixik jarayonlarning bevosita miya faoliyati bilan bog’liq jihatlarini va bosh miyaning alohida sistemalari bilan aloqasini o’rganadi. Dastlab nevrologiya bo’limi sifatida rivojlangan.

NEGROID IRQ

NEGROID IRQ — katta ekvatorial (negr-avstraloid) irqqa kiradi. Tanasining qoraligi, jingalak sochligi, burnining kengligi, lablarining qalinligi, prognatizm (jag’suyaklarining oldinga turtib chiqishi) xosdir. Afrikada, Sahroi Kabirning Janubda tarqalgan. «Negroid irq» termini … Read More

NEGRLAR

NEGRLAR (ispancha negro — qora) — negroid irq vakillari nomi. Musulmon Sharqi mamlakatlarida zanjilar deb ham ataladi. Hozirda Amerikaning qora tanli aholisi bu terminni haqorat deb bilmoqda va o’zlarini afro-Amerikaliklar … Read More

NEGRITOSLAR

NEGRITOSLAR (ispancha negritos) Osiyo pigmeylari, Janubiy-Sharqiy Osiyodagi bir qancha pakana negroid etnik guruhlar (andamanlar, semanglar, Aeyaalar)ning nomi. Melaneziya irqiga mansub.

NEGRILL IRQI

NEGRILL IRQI (Markaziy Afrika irqi) — katta ekvatorial (negr-Avstraloid) irqiga mansub. Past bo’ylik, serjunlik, uzun burun, yupqa lablik ularga xos. Ekvatorial Afrikaning tropik o’rmonlarida tarqalgan.

NEVR…

NEVR…, nevro…, neyro (Yunoncha Neuron — tomir, nerv) — qo’shma so’zlar bo’lagi. Nerv sistemasiga aloqadorlikni bildiradi; masalan, nevrologiya, nevropatologiya, neyroxirurgiya.

NGUENLAR

NGUENLAR — Markaziy va Janubiy Vetnamdagi hukmron urug’ (1558— 1802), imperator sulolasi (1802-1945). 1884 yildan Frantsiya protektoratligida bo’lgan.