NASOS-FORSUNKA

NASOS-FORSUNKA — forsunka bilan birlashtirilgan bir plunjerli yuqori bosim qurilmasi. Dizel dvigateli tsilindrlarining qisilishidan Alangalanadigan kamerasiga yonilg’i purkash uchun ishlatiladi.

NASOS

NASOS (lotincha Antlia) — osmon gumbazining Janubiy yarim sharidagi yulduz turkumi. Eng yorug’ yulduzlari 4,0 vizual yulduz kattaligida. Fevrralda yaxshi kuzatiladi. Janub va Markaziy hududlarda ko’rinadi.

NASL

NASL (Arabcha) -1) bir populyatsiyaga mansub individlarning bevosita avlodi; 2) ma’lum belgi-xususiyatlarga ega, bir turga mansub o’simliklar va bir zotga mansub hayvonlar guruhi. Fiziologik, biologik voyaga yetgan hayvonot yoki o’simlik … Read More

NARZAN

NARZAN — karbonat angidridli, sulfat gidrokarbonatli, kaltsiy-magniynatriyli mineral suv. Yurak-tomir sistemalari, me’da-ichak yo’llari kasalliklarida, moddalar almashinuvi buzilganda va boshqa kasalliklarda foydalaniladi. Kavkaz (masalan, Kislovodsk)da, Qrimda va boshqa joylarda chiqadi.

NARAMSIN

NARAMSIN (Naram-Suen) — Akkad podshohi (miloddan avvalgi taxminan 2236-2200). Sargonning nabirasi. O’zini Xudo deb e’lon qilib, mustabid hokimiyat o’rnatgan. Naramsinning G’arbiy Erondagi lullubeylar qabilasi ustiga yurishi sharafiga o’rnatilgan stela — … Read More

NANNIN

NANNIN — Xitoyning Janubiy qismidagi shahar. Guansi-Chjuan muxtor rayonining ma’muriy, muhim sanoat, ilmiy va madaniy markazi. Aholisi 2,8 million kishi (1998). Transport yo’llari tuguni. Yuszyan daryosi bo’yidagi port. Qishloq xo’jalik … Read More

NANAYLAR

NANAYLAR (o’zlarini Nani deb atashadi; eski nomi — goldlar) — asosan, Rossiya Federatsiyasining Xabarovsk va Primore o’lkalarida yashovchi xalq. Rossiyadagi umumiy soni 10,5 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Xitoyda 2 ming … Read More

NAMDIN

NAMDIN — Vetnamning shimoliy qismidagi shahar, Xongxa daryosi deltasidagi port. Xonamnin provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 172 ming kishidan ziyod (1990-yillar o’rtalari). Transport yo’llari tuguni. To’qimachilik sanoati (ip gazlama va ipak … Read More