Nunutaklar
Nunutaklar — Antarktidadagi tog`larning muzlardan chiqib turgan cho`qqilari.
Nunutaklar — Antarktidadagi tog`larning muzlardan chiqib turgan cho`qqilari.
Nurash– atmosferaning fizik – kimyoviy, yer osti va yer usti suvlari hamda organizmlar ta`sirida yer yuzasidagi tog` jinslari va metallarning buzilishi va yemirilish jarayoni.
Nord (nemischa) — shimol; N harfi bilan qisqartirib yoziladi.
Nura – yonbag`irlari tik tushgan soy. Geografik nomlar tarkibida ham uchraydi: Qizilnura (Chotqolda), Qoranura (Qozog`istonda).
Nordon jinslar – tarkibida 65-70% kremnezyom bo`lgan magmatik tog` jinslari.
Noruda foydali qazilmalar – tarkibida metal bo`lmagan tog` jinslari va minerallar.
Nodir landshaftlar — nisbatan kam saqlanib qolgan, ilmiy va amaliy jihatdan muhim ahamiyatga ega bo`lgan, tugab borayotgan o`simlik yoki hayvon turlari tarqalgan landshaftlar. Nodir landshaftlarda ko`pincha qo`riqxona va buyurtmalar tashkil … Read More
Nishab– oqar suvlarning, daryolarning boshlanish joyi bilan quyar joyi orasidagi balandlikning daryo uzunligiga nisbati.
Nisbiy namlik — muayyan haroratdagi havoda mavjud bo`lgan suv bug`i miqdorining (ye) shu haroratdagi to`yinish holatidagi miqdoriga (Ye) nisbati. Mutloq quruq havoda nisbiy namlik no`lga teng, to`yingan havoda esa 100% … Read More