Nisbiy balandlik
Nisbiy balandlik — biron joyning ikkinchi bir joyga nisbatan tik balandligi. Masalan, tog` yoki tepalikning etagidan tepasigacha tik chiziq bo`ylab balandligi.
Nisbiy balandlik — biron joyning ikkinchi bir joyga nisbatan tik balandligi. Masalan, tog` yoki tepalikning etagidan tepasigacha tik chiziq bo`ylab balandligi.
Nivatsiya — qor suvlari ta’sirida reylef hosil bo`lish jarayoni.
Nival zona – tog`larning baland qismida qor va muzliklardan tarkib topgan hudud.
Nekton– dengiz va okean suvlarida faol harakat qilib uzoq masofalarga suzib yuruvchi tirik organizmlar.
Neft suvlari – neft va gaz gorizontallarida uchraydiga yer osti suvlari.
Neotektonika, eng yangi tektonika — tektonikaning bir bo`limi, neogen va antropogen davrlarida ro`y bergan va davom etayotgan tektonik harakatlarni hamda bu harakatlar oqibatida vujudga kelgan strukturalar bilan reylef shakllarini o`rganadi.
Neokolonializm (yunoncha neo — yangi, kolonializm so`zining o`zagi kolo — obod qilaman, joylashaman) — mustamlakachilik tizimi parchalanib borayotgan sharoitda davlatlarning mustaqillikka erishgai sobiq mustamlakalarni bo`ysindirish va ezish uchun qilayotgan yangicha, … Read More
Nahr (arabcha, ko`pligi avhor) — ariq, kanal. Joy nomlari tarkibida uchraydi. Masalan, Toshkentdagi Anhor, Farg`ona viloyatidagi Ulug`nor (Ulug`nahr) kanallari.
Natsionalizatsiya — ishlab chiqarish vositalari: yer, fabrika, zavod, banklar, transport vositalari va boshqalarning xususiy mulkdan davlat mulkiga aylantirilishi.
Natursotsiologiya, geodemologiya, noologiya — kishilik jamiyati bilan geografik muhit o`rtasidagi aloqalarni tadqiq qiluvchi fanning turli olimlar tomonidan tavsiya etilgan nomlari. Natursotsiologiyaning asosiy maqsadi bu aloqalarning oqilona yo`llarini topish, ulardan to`g`ri … Read More