Naqshdor
Naqshdor – biror narsa tasvirida, displeyida, tavsifida yorqin, xayoliy narsalarni o’z ichiga olish. Masalan: yog’ochning naqshdorligi.
Naqshdor – biror narsa tasvirida, displeyida, tavsifida yorqin, xayoliy narsalarni o’z ichiga olish. Masalan: yog’ochning naqshdorligi.
Naqsha – relyef, ob’yekt, tuzilma va boshqalarni tekislikdagi masshtabda ularning nisbatlarini to’liq saqlagan holda tasvirlaydigan chizma, chizg’i.
Naqsh (koshin) – (fransuzcha: mosaique, italyancha: mosaico lotincha: musivum-(asar) mususlarga bag’ishlangan) rang, faktura bilan farq qiluvchi materiallar bo’laklarini umumiy asosga biriktirish orqali tasvir yaratish va sirtni bezash. Ushbu texnikaga asoslangan … Read More
Naqsh (gul) – aerozol yoki akril bo’yoq yordamida tasvir orqali fasadni bezatish. Ko’pincha, ushbu turdagi rasm binolarning o’ziga xos bo’lmagan uchlarini bezashda ishlatiladi. Masalan: devor naqshi va hokazolar.
Naqsh (bezak, gul) – 1) bezak, gul. Xalq amaliy san’ati va me’morchilikda naqshning har xil turlari uchraydi. Naqshlarga qarab tarixning qadimgi davrlarini aniqlash mumkin. Naqshning keng tarqalgan turlari islimiy va … Read More
Nakladka – taxta parcha yoki metall plastina ko’rinishidagi yopib turuvchi ustki detal.
Nayza (minora uchi, gumbaz uchi) – konus yoki piramida ko’rinishidagi binolarning vertikal va uchli yakunlanishi (tomi).
Nay – 1) qamish. (Ney), shamolli cholg’u asbobi; 2) arab-eron uzunchoq nayi; 3) o’zbek va tojik ko’ndalang nayi; 4) moldavan va rumin ko’p dastakli nayi, Pan-nayi turi.
Nazorat salqiligi – egilish qiymati, bu mahsulotning bikirligikka yaroqlilik qiymatini baholash uchun sinov yuki ostida mahsulotning haqiqiy egilishi solishtiriladi.
Nazorat namunalari – asosiy namunalarni sinashdan oldin betonning siqilish mustahkamligini aniqlash uchun mo’ljallangan namunalar.