Oqso’xta

Oqso’xta (Dactylis glomerata L ) — boshoqdoshlar oilasiga mansub ko’p yillik o’t. Oqso’xtaning bo’yi 100-150 santimetr. Poyasi ko’p, havol, serbarg. Ildiz oldi barglari juda ko’p, ingichka va uzun (100 santimetrgacha). … Batafsil

Batafsil o‘qish

Oqtishlilar

Oqtishlilar (Crocidura) — yerqazarlar oilasiga mansub hasharotxo’r sut emizuvchilar urug’i. Gavdasining uzunligi 4— 15 santimetr (dumi 4-10 santimetr), kalta Yung, siyrak va uzunroq qil bilan qoplangan. Tishlarining koronkasi oq (nomi … Batafsil

Batafsil o‘qish

Oqtumshuq burni

Oqtumshuq burni — Orol dengizining g’arbiy sohilida, Ustyurt platosining sharqida joylashgan burun. Oqtumshuq ko’tarilmalar zonasi kassarma antiklinalining eng baland joyida tektonik, denudasion va abrasion jarayonlar natijasida vujudga kelgan. Yuqori bo’r … Batafsil

Batafsil o‘qish

Oqurug’

Oqurug’ — o’rtapishar mahalliy qovun navi. Shakli yirik (4-7 kilogramm), cho’zinchoq (uzunligi 38-48 santimetr), tuxumsimon, uch tomoni ingichka, sirti tekis, serto’r, tusi — oq-yashil, jimjimali yashil yo’llari bor. Pusti qattiq, … Batafsil

Batafsil o‘qish

Oquvchanlik

Oquvchanlik (mashinasozlikda) — materialga ta’sir etayotgan kuchning qiymati oshirilmagan holda uning deformasiyalanishida (shaklini o’zgartirishda) davom etishi, Oquvchanlik gazlar, suyuqliklar, plastik materiallarga xos xususiyat. Oquvchanlik har qaysi material uchun kuchlanishning ma’lum … Batafsil

Batafsil o‘qish

Oqto’qay g’ori

Oqto’qay g’ori — Qozog’istonning Jambul viloyati, Sarisu tumanidagi g’or. Oqto’qay qishlog’ining Janub chekkasida, Chabakti daryosi sohilida, 850 metr balandlikda joylashgan. Toshko’mir davriga mansub ohaktoshlarda hosil bo’lgan. G’orning kirish qismi Chabakti … Batafsil

Batafsil o‘qish

Oqshiyroq

Oqshiyroq — Tyanshandagi tog’ massivi, Qirg’izistonda. Janubi-g’arbdan shimoli-sharqqa tomon cho’zilgan va Norin daryosi bilan Sarijaz daryosi havzasi o’rtasida suvayirg’ich. Uzunligi 50 kilometr. 3 parallel tizmadan iborat. Eng baland joyi 5126 … Batafsil

Batafsil o‘qish

Oqcho’p svitasi

Oqcho’p svitasi — Farg’ona vodiysining shimol va shimoliy-g’arbiy qismida joylashgan o’rta pliosen (neogen) qatlamlari tarkibidagi stratigrafik birlik. M. N. Gramm (1959-62 yillar) ajratgan. Oqcho’p svitasi och qo’ng’ir, qizg’ish hamda to’q … Batafsil

Batafsil o‘qish