O’LCHAM

O’LCHAM — narsaning katta-kichikligi va hajmini ifodalaydigan raqam. Chiziqli, hajmiy, burchakli, ichki, tashqi va boshqalar turlarga bo’linadi. Narsalarning vazni (massasi) ga doir raqamlar o’lchovlar (masalan, og’irlik o’lchovi) deb ataladi. Chiziqli … Read More

O’LPON

O’LPON — yerdan foydalanganlik uchun olinadigan soliq turi. Yiliga bir marta undirilib, miqdori ekin maydoni va olingan hosilga qarab belgilangan.

O’LMASOV AHMAD

O’LMASOV AHMAD (1932.10.10, Toshkent) — iqtisodchi olim, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1982), iqtisod fanlari doktori (1969), professor (1971). O’rta Osiyo universitetining tarix fakultetini tugatgan (1954). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Iqtisodiyot … Read More

O’LKASHUNOSLIK MUZEYLARI

O’LKASHUNOSLIK MUZEYLARI — ilmiy tekshirish va madaniy- ma’rifiy muassasa. Ma’lum geografik yoki ma’muriy hududning tarixiy yodgorliklari, tabiiy ilmiy va badiiy to’plamlari, xalq san’ati asarlarini yig’adi, saqlaydi, ilmiy o’rganadi, ko’rgazmalar uyushtiradi … Read More

O’LKASHUNOSLIK

O’LKASHUNOSLIK — mahalliy aholi tomonidan o’z ona yurti hisoblangan muayyan o’lka, viloyat, shahar, tuman, qishloq va boshqalar hududlarning har tomonlama o’rganilishi. O’lkashunoslik tabiiy, ijtimoiy, madaniy, tarixiy va boshqalar tadqiqotlar majmuidan … Read More

O’LKA

O’LKA — 1) tabiiy geografik rayonlashtirishning yirik taksonomik birliklaridan; 2) har bir kishi tug’ilib o’sgan joy, qishloq, shahar va hokazolar; 3) ba’zi mamlakatlardagi yirik ma’muriy hududiy birlik, masalan, Rossiya Federatsiyasidagi … Read More

O’LIM JAZOSI

O’LIM JAZOSI — oliy jinoiy jazo chorasi. Jazoning favqulodda turi sifatida faqat alohida og’ir, inson hayotiga qasd qiladigan jinoyatlar uchun belgilanishi mumkin. Sho’rolar davrida sud hukmi va ma’muriy tuzilmalarning qarorlari, … Read More

O’LIM

O’LIM — organizm hayot faoliyatining butunlay to’xtashi, ortga qaytmas jarayon. Eng sodda hayvonlarning tabiiy o’limi ularning bo’linishidan iborat, bunda 1 individ o’lsa, o’rnida 2 ta yangi individ hosil bo’ladi. Odam … Read More

O’LIKXONA

O’LIKXONA, morg (Fransuzcha) — Murda saqlanadigan, yorib tekshiriladigan va ko’mish uchun beriladigan maxsus bino. O’likxona, asosan, sud tibbiyoti ekspertizasi qoshida bo’ladi, kasalxonalar, ilmiy tadqiqot institutlari va boshqalarda murda patologik anatomiya … Read More

O’LIKBOSH

O’LIKBOSH — arvoh kapalaklar oilasiga mansub kapalak. Tanasining uzunligi 60 millimetrga yaqin, yoyilgan qanotlari — 130 millimetrgacha. Ko’kragi orqasida odamning bosh suyagiga o’xshash sariq rasm bor (nomi shundan). Afrika, O’rta … Read More