Otaniyoz
Otaniyoz-aziz avliyolardan o’tinib, so’rab olingan bola
Otaniyoz-aziz avliyolardan o’tinib, so’rab olingan bola
Otayor-avliyolar, muqaddas ruhlar yor bo’lsin, qo’llasin yoki otasiga do’st, hamdam bo’lib o’ssin
Otabek-shahzoda, xonzoda; beklar boshlig’i
Osuda// Osudaxon-tinch, osoyishta, xotirjam
Ostonaqul-avliyoning, muqaddas qadamjoyning xizmatkori, quli; muqaddas joyga nazir qilingan bola
Oston-aynan: bo’sag’a, ostona, muqaddas joy, tabarruk avliyodan tilab olingan yoki kindigi ostonaga qo’yib kesilgan bola. Shakllari: Ostonbek, Ostonboy
Osmon// Osmonjon-osmondek baland martabali bo’lsin yoki ehtimol: Usmon-Osmon
Osif-shiddatli bo’ron (to’fon) paytida tug’ilgan bola
Osima-qo’riqlangan, himoyaga olingan yoki iffatli. Shakllari: Osimabuxi, Osimaxon
Osim-qo’riqlangan, muhofaza qilingan; xavfsiz asraladigan