Og’zaki nutq
Og’zaki nutq-fikrni og’zaki bayon qilish, o’zaro muloqotga kirishish shakli.
Og’zaki nutq-fikrni og’zaki bayon qilish, o’zaro muloqotga kirishish shakli.
Og’zaki bayon qilish metodi — maktab ta’lim tizimida eng ko’p qo’llaniladigan o’qituvchining og’zaki bayoniga asoslangan metod.
Ochiq universitet-Angliyada 1969 yilda katta yoshdagilar uchun bakalavr darajasini berish maqsadida tashkil etilgan o’quv yurti.
Ochiq maktab-ta’lim metodikasiga shaklsiz yondashuv, o’quv materiallarinign xilma-xilligi, ta’lim oluvchilarning qiziqishiga qarab darslarni tanlash.
Ochiq dars-1) o’z mahoratini ommalashtirish maqsadida tajribali o’qituvchi tomonidan o’zga o’qituvchilar ishtirokida o’tkaziladigan ochiq dars; 2) o’qituvchi, talabalar va maktab inspektori ishtirokida metodist tomonidan yangi ta’lim metod va usullarini ko’rsatish … Read More
Off-line vositasi-ta’lim jarayonida kompyuterni Internet tarmog’iga ulanmagan holatda ham qo’llash mumkin bo’lgan o’qitish vositasi.
Ota-onalar qo’mitasi-tarbiyaviy, xo’jalik vazifalarini hal etishda maktabga yordam ko’rsatuvchi ota-onalarning jamoatchilik uyushmasi.
Ota-onalar universiteti-ota-onalar orasida pedagogik bilimlarni targ’ib etishga qaratilib, maktab, klub, mahallalar qoshida tashkil etilgan mashg’ulotlar.
Ota-onalar javobgarligi-ota-onalarning davlat va jamiyat oldida o’z farzandlari tarbiyasiga javobgarligini ifodalovchi huquqiy-axloqiy me’yorlar.
Orfografiya-so’z shakllari va ularni to’g’ri yozishga oid imlo qoidalari majmui.