O’quv fani
O’quv fani-o’quv yurtlarida o’rganish uchun fan, texnika, san’at, ishlab chiqarish faoliyati va boshqa muayyan sohalardan tanlab olingan bilim, ko’nikma va malakalar tizimi.
O’quv fani-o’quv yurtlarida o’rganish uchun fan, texnika, san’at, ishlab chiqarish faoliyati va boshqa muayyan sohalardan tanlab olingan bilim, ko’nikma va malakalar tizimi.
O’quv ustaxonasi jihozlari-o’quvchilarning o’quv, ishlab chiqarish faoliyati uchun zarur bo’lgan o’quv-ko’rsatma materiallar, ishchi va xo’jalik inventarlari, dvigatel, stanok va boshqalar.
O’quv tezaurusi (yunoncha thesaurus-xazina, boylik — 1) muayyan tildagi barcha so’zlarni qamrab oladigan, ularning matnda qo’llanish holatlarini to’la-to’kis aks ettiradigan o’quv lug’ati; 2) pedagogika sohasiga oid lug’aviy birliklar o’rtasidagi semantik … Read More
O’quv tabeli (lotincha tabella — kichkina, yupqa taxta)-o’quvchilarning bilimlari, xulq-atvorlarini hisobga olish uchun qo’llaniladigan varaqa.
O’quv ta’tili-o’quv mashg’ulotlari orasida ta’lim oluvchilarning dam olishi uchun belgilangan muddat.
O’quv rasmlari-pedagogik maqsadda foydalaniladigan tasviriy san’at asarlari, ko’rgazmali qo’llanmalarning keng tarqalgan turi.
O’quv rejasi-1) ta’lim sohasidagi asosiy me’yoriy davlat hujjati bo’lib, davlat ta’lim standartining muhim qismi sifatida o’zida har bir sinfda beriladigan o’quv fanlari bo’yicha o’quv yuklamasi hajmini belgilaydi; 2) o’quv yurtlarida … Read More
O’quv predmetlarini o’qitish metodikasi-xususiy didaktika yoki xususiy o’qitish nazariyasini ifodalovchi pedagogika fani tarmog’i.
O’quv predmeti-u yoki bu fanning asosiy mazmunida ifodalangan didaktik asoslangan bilim, ko’nikma malakalar tizimi.
O’quv pansioni-Rossiya va Yevropada tashkil etilgan aslzoda va sanoat egalarining bolalariga pullik xizmat ko’rsatilgan o’rta hamda oliy ta’lim muassasasi.