O’quv olimpiadalari
O’quv olimpiadalari-ta’limiy xarakterdagi sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning o’quv musobaqasi shakli.
O’quv olimpiadalari-ta’limiy xarakterdagi sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning o’quv musobaqasi shakli.
O’quv-orfografik lug’at-o’quvchilarga to’g’ri yozish qoidalarini taqdim qiladigan lug’at.
O’quv muassasasi ma’lumotnomasi (spravochnigi)-oliy va o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi davlat va nodavlat ta’lim muassasalari haqida axborot nashri.
O’quv muassasasi karantini-yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish maqsadida uyushtiriladigan tadbirlar tizimi.
O’quv ma’lumotlarini loyihalash texnologiyasi-Unda: 1) tahsil oluvchilarda taqdim etiladigan materiallar; 2) tahsil oluvchilarga mustaqil bajarish uchun beriladigan vazifalar; 3) tahsil oluvchilar tomonidan o’zlashtirilgan ma’lumot (bilim) turlari (N.V.Kuzmina) o’z aksini topadi.
O’quv ma’lumotlari-tabiat va jamiyat hodisalari haqidagi bilimlar, ilmiy asoslangan tajrialar o’quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda taqdim etiladigan ilmiy, texnik yoki tarbiyaviy ma’lumotlar.
O’quv materiali-o’quv materiallari tizimi (ya’ni, o’quv materiali — bu o’quv materiallari tizimi), u didaktik materialning moddiy yoxud moddiylashgan modellarida aks etadi hamda o’quv faoliyatida ishlatish uchun mo’ljallanadi.
O’quv maslahati-muayyan muammo bo’yicha o’qituvchining talaba yoki o’quvchiga bergan izohi, maslahat berishi.
O’quv maketi (fransuzcha magueette-tarx, xomaki reja)-muayyan ob’yektning soddalashtirilgan modelini ifodalovchi ko’rgazmali material.
O’quv-logorifmik qog’oz-to’g’ri burchakli to’r ko’rinishida grafalarga bo’lingan maxsus qog’oz.