Oranjereya
Oranjereya – janubiy o’simliklarni o’stirish va qishlovi uchun yoki nomavsumiy hosil, sabzovot va gullar yetishtirish uchun oynavand imorat.
Oranjereya – janubiy o’simliklarni o’stirish va qishlovi uchun yoki nomavsumiy hosil, sabzovot va gullar yetishtirish uchun oynavand imorat.
Oraliq qo’yilma (prokladka) – o’zaro biriktiriladigan konstruksiyalar orasidagi oraliqqa joylashtiriladigan yordamchi detal.
Oraliq devor – devorning bitta satxda joylashgan qo’shni deraza yoki eshik o’rinlari orasidagi qismi.
Oraliq (bo’shliq (tayanchlar orasidagi masofa), quloch) – biror narsa orasidagi bo’sh joy. Masalan: to’sin oralig’i, ichki oraliq, ko’prik qulochi va hokazolar.
Orayopma diski – gorizontal tekislikda harakat qiladigan va vertikal yuk ko’taruvchi tuzilmalarni yagona fazoviy tizimga birlashtiradigan, kuchlarni o’zlashtira oladigan gorizontal diafragma.
Ora – ikki narsa orasidagi masofa, ustunlar orasi.
Ondulin – tolali to’ldirgichga ega bo’lgan to’lqinsimon ko’rinishdagi yassi tom yopish materiali. Ondulin tarkibida asbest mavjud emas.
Ombur (ombir, yassi jag’li) – simni bukish, manipulyatsiya qilish va kesish uchun mo’ljallangan yassi jag’li asbob.
Omborchi – ombor ishlarining aksariyat qismini bajaradigan ombor xodimi.
Omborxona – oziq-ovqat, asbob-uskunalar, xom ashyo va boshqalarni saqlash uchun xizmat xonasi. Masalan: yuk omborxonasi, asbob-uskunalar omborxonasi va hokazolar.