O’z-o’zidan bug’lanish
O’z-o’zidan bug’lanish – o’z-o’zidan bug’lanish jarayoni deganda eritmaning bosimi pasaygan holda apparatga kirgan holatda uning qizishi tufayli eritmaning qisman bug’lanishi tushuniladi.
O’z-o’zidan bug’lanish – o’z-o’zidan bug’lanish jarayoni deganda eritmaning bosimi pasaygan holda apparatga kirgan holatda uning qizishi tufayli eritmaning qisman bug’lanishi tushuniladi.
O’zgaruvchanlik – oson va tez-tez o’zgartiriladi; o’zgaruvchanlik. Masalan: yukning o’zgaruvchanligi.
O’z-o’zidan alangalanish – gaz-bug’-havo aralashmasini qo’shimcha tashqi tutashuv manbasisiz (o’z-o’zidan yonish harorati) o’z-o’zidan alangalanadigan haroratgacha qizdirilishi natijasidagi yonish jarayoni. Shunday moddalar va aralashmalar mavjudki, ular xona haroratida (va hatto undan … Read More
O’zgaruvchan – vaqti-vaqti bilan o’zgarib turuvchi.
O’zgartkich – elektr toki kuchlanishini o’zgartirgich.
O’zgarmaslik – vaqt doimiyligida bir xillikni saqlab qolish qobiliyati, barqarorlik.
O’zgarmas – o’zgarishdan, xilma-xillikdan mahrum, monoton.
O’zgarish (o’zgartirish) – bir shakl yoki o’lchamdan ikkinchisiga o’tish, o’zgacha bo’lish, boshqa shaklga kirish, boshqa sifatlarga ega bo’lish. Masalan: namlikning o’zgarishi, notekis o’zgarish, hajmiy o’zgarish, tezlik o’zgarishi va hokazolar.
O’zaro ta’sir – ob’yektlarning (sub’yektlarning) bir-biriga ta’sir qilish jarayonlarini, ularning o’zgarishini, o’zaro shartliligini va bir ob’yektr tomonidan boshqalarni yaratishni aks ettiradi. Masalan: kuchlarning o’zaro ta’siri.
O’zaro bog’liqlik (o’zaro bog’lanishlik) – 1) o’zaro shartlashishganlik, bir hodisalarning boshqalarga ta’siri (bog’liqligi); 2) o’zaro javobgarlik holati, kimgardir yoki biror narsaning bir-biriga bog’liqligi, tomonlarning hech biri ikkinchisisiz qila olmaydigan aloqadir.