O’tish joyi (yo’lak)
O’tish joyi (yo’lak) – o’tish joyiga ega bo’lgan, o’tish uchun xizmat qiladigan yo’lak. Masalan: o’rta hovli.
O’tish joyi (yo’lak) – o’tish joyiga ega bo’lgan, o’tish uchun xizmat qiladigan yo’lak. Masalan: o’rta hovli.
O’tish (o’tish yo’li) – makonning bo’sh qismi, u biror narsani ko’chirish yoki harakatlantirish, imkonini beradi. Masalan: titratgichning o’tish yo’li, g’altak mashinaning o’tish yo’li, doiraviy o’tish yo’li va hokazolar.
O’tinxona – o’tinni quritish va saqlash uchun alohida, maxsus joy.
O’tkir (keskir) – yaxshi kesish yoki pichoqlash xususiyatiga ega, osonlik bilan kesish yoki teshishga qodir.
O’chirmoq (so’ndirmoq) – yonishni to’xtatish. Masalan: yong’inni o’chirmoq, olovni o’chirmoq.
O’tkazuvchanlik (singib o’tishga oid) – suv yoki boshqa suyuqliklarning biror narsaga kirib borishi. Masalan: betonning o’tkazuvchanligi, gruntning o’tkazuvchanligi.
O’tkazuvchanlik (o’tkazishga oid) – o’zidan elektr toki, issiqlik, tovush va boshqalarni o’tkazish xususiyati.
O’tkazmoq (chizmoq) – biron narsa ustidan hoshiya, chiziq va hokazolarni o’tkazmoq. Masalan: chiziq o’tqazmoq (chizmoq).
O’tkazish – o’zidan o’tkazish (issiqlik, elektr, tovush va boshqalar) xususiyati. Masalan: havoni o’tkazish, yo’l o’tkazish.
O’tkaziladigan (ko’chiriladigan, ko’chma) – bir yerdan boshqa bir joyga ko’chirsa bo’ladigan narsa, tashish uchun moslashtirilgan.