Psevdo…

Psevdo… (Yunoncha pseudos — yolg’on) — o’zlashma qo’shma so’zlarning birinchi qismi bo’lib, ikkinchi qismning yolg’on, soxta ekanligini anglatadi (masalan, psevdopodiyalar, psevdosfera).

Protobolgarlar

Protobolgarlar — turkiy xalq. 4-asrda Janubiy-Sharqiy Yevropa dashtlarida yashashgan. 7-asrning 2-yarmida Protobolgarlarning bir qismi Kama daryosi va O’rta Volgaga tarqalgan (Volga—Kama bulg’orlari); boshqa qismi (Asparux boshchiligida) Bolqon yarim oroliga kirib … Read More

Printsipat

Printsipat (lotincha rppirashv, princes — birinchi; rahbar) — qadimgi Rimda quldorlik monarxiyasi shakli; unda respublika muassasalari saqlanib qoladi, biroq hokimiyat amalda bir kishi — printseps (senatorlar ro’yxatida birinchi) qo’liga o’tgan. … Read More

Potentsial energiya

Potentsial energiya — mexanik tizim umumiy energiyasining ma’lum ulushi. U shu tizimni tashkil etgan zarralarning o’zaro joylashishi va tashqi kuch maydonidagi (masalan, gravitatsion maydon) vaziyatiga bog’liq. Potentsial energiya tushunchasi konservativ … Read More

Potentsial

Potentsial (fizikada) — fizik kuch maydoni (tortishish maydoni, elektr maydoni va sh.k.)ni va umuman, vektorlar orqali ifodalanadigan fizik kattaliklar maydonlarini xarakterlaydigan miqdor. Jismning massa birligi (yoki zaryad birligi)ni kuch maydonining … Read More

Potanin muzligi

Potanin muzligi — Oltoy tog’laridagi eng yirik vodiy muzligi. Mongoliya hududida. Tabin-Bogda O’la tog tugunining Sharqiy yon bag’rida. Uzunligi 19 kilometr, kengligi 2,5 kilometrgacha. Pastki chegarasi 2900 metr balandlikda. Maydoni … Read More

Pomirdaryo

Pomirdaryo — tog’li Badaxshon Muxtor viloyati bilan Afg’oniston chegarasidagi daryo. 4126 metr balandlikda joylashgan Zo’rko’l ko’lidan boshlanadi va Langar qishlog’idan quyiroqda Vahondaryo bilan qo’shilib, Panj daryosi (Amudaryo havzasi) nomini oladi. … Read More

Pomeshchiklar

Pomeshchiklar (ruscha) — 1917 yil Oktabr to’ntarishigacha Rossiyada dvoryan yer egalari. Dastlab davlat xizmatidagi kishilar, ya’ni davlat xizmatini o’taganlari uchun yer (pomeste)dan foydalanish huquqiga ega bo’lgan kishilar. Pomestelar sekin-asta merosiy … Read More

Poliedr

Poliedr (poli… va Yunoncha hedra — asos) — ko’pburchak, ko’pyoqlik tushunchalarining ixtiyoriy o’lchovli fazolar uchun umumlashgani.

Polis

Polis (Fransuzcha police, italyancha pollizza — tilxat), sug’urta shartnomasi — shaxsiy yoki mulkiy sug’urta shartnomasini tasdiqlaydigan va uning shartlari haqida sug’urta tashkiloti bergan hujjat, tilxat, patta. Polis zaruriyat tug’ilganda sug’urtachiga … Read More