Pomeshchiklar
Pomeshchiklar (ruscha) — 1917 yil Oktabr to’ntarishigacha Rossiyada dvoryan yer egalari. Dastlab davlat xizmatidagi kishilar, ya’ni davlat xizmatini o’taganlari uchun yer (pomeste)dan foydalanish huquqiga ega bo’lgan kishilar. Pomestelar sekin-asta merosiy bo’la borib, 1714 yildan Pomeshchiklarning xususiy mulkiga aylangan. Oktabr to’ntarishi Pomeshchiklar va ularning yer mulkini tugatgan.
O‘xshash so‘zlar
- Pomidor
- Pomir
- Pomir tillari
- Pomir xalqlari
- Pomir-Farg’ona irqi
- POMIR-FARG’ONA KOMPLEKS Ekspedisiyasi
- Pomir-olay tog’lari
- Pomirdaryo











