Peshin

Peshin (forscha) — kunning yarmi o’tgan payti va shu paytda o’qiladigan namoz. Peshin namozi Quyosh qiyomdan og’a boshlashidan to asr namozining vaqti kirguncha ado etiladi.

Batafsil o‘qish

Peshayvon

Peshayvon (forscha, pesh — old va ayvon) — xonaning old tomoniga taqab qurilgan ayvon. Peshayvon unga yondosh xonalarning salqin va bahavo bo’lishini ta’minlaydi. Xalq me’morligida keng qo’llaniladi.

Batafsil o‘qish

Pessejiktepa

Pessejiktepa — neolit davri manzilgohi (miloddan avvalgi 6-ming yillik). Turkmanistondagi Geoktepa rayon markazi yonida joylashgan. Pessejiktepadan xom g’ishtdan ishlangan uylar, sajdagoh, freskalar, tosh qurollar, sopol idishlar chiqqan.

Batafsil o‘qish

Peseta

Peseta (ispancha peso — vazn, bo’lak) — 1) Ispaniya pul birligi. 1868 yildan muomalaga kiritilgan. 1 Peseta =100 sentimo. Xalqaro ifodasi ESP. Xalqaro valyutalar kursi bo’yicha 1 AQSh dollari =188,2 … Batafsil

Batafsil o‘qish

Pert

Pert — Avstraliyaning Janubiy-g’arbiy qismidagi shahar. G’arbiy Avstraliya shtatining ma’muriy markazi. Aholisi 1,3 million kishi (1999). Suon daryosining Hind okeaniga quyilish joyidagi port (yillik yuk ortib-tushirish 15 mln.t). Temir yo’l … Batafsil

Batafsil o‘qish