PILOTAJ
PILOTAJ (ing. tajriba qurilmasi) — muayyan metodikalarning (anketalar, rejalar, intervyu va hakazolarning) validligini aniqlash, tadqiqot tadbirlarini tekshirib olish maqsadida o’tkaziladigan sinov tadqiqoti.
PILOTAJ (ing. tajriba qurilmasi) — muayyan metodikalarning (anketalar, rejalar, intervyu va hakazolarning) validligini aniqlash, tadqiqot tadbirlarini tekshirib olish maqsadida o’tkaziladigan sinov tadqiqoti.
PIKET — fr. 1) soqchilarning kichik otryadi; 2) ish tashlash vaqtida korxonaga kiritmaslik uchun korxonani qo’riqlaydigan ishchilar guruhi; 3) talablar bayon etilgan shiorlarni navbatma-navbat ko’tarib, navbatchilik qilib turuvchi odamlar guruhi.
PETITSIYA (lot. petition – iltimos, arznoma) — hukumatning yuqori vakillariga, davlat boshlig’iga jamoa (ko’pchilik) tomonidan berilgan rasimy ariza, iltimosnoma yoki chaqiriq.
PERSPEKTIVA (lot. perspicio – aniq ko’raman) — kelajak uchun tuziladigan reja.
PERMANENTIZM (lot. permanens – doimiy, doimiylik) — uzluksiz davom etadigan jarayonlarga doir qarashlar.
PENYA (lot. roepa – jazolash) — majburiyatlarning o’z vaqtida bajarmaganlik uchun to’lanadigan pul jarimasi. Kechiktirib yuborilgan majburiyat summasidan foizlarda belgilanadi va kechikkan muddatning har bir kuni uchun undiriladi.
PENTAGON (ingl.) — Vashingtondagi markaziy harbiy muassasalarning besh burchakli binosi nomidan olingan – AQSH harbiy muassasasining nomi.
PEDANTIZM (fr. puxtalik, ishdagi sinchkovlik) — o‗rnatilgan tartib, qoida va instruksiyalarga rioya qilishni qattiq talab qilish, ikir-chikirlarga e‘tibor berish.
PENSIYALAR (lot. pensio – to’lov) — fuqarolarga davlat yoki boshqa sub‘yektlar tomonidan qonunda belgilangan hollarda muntazam va, odatda, umrbod to’lanadigan to’lovlar. Ijtimoiy ta‘minot shakli hisoblanadi.
PAYCHI (ingl. pay — mayda tanga) — biror tashkilot, shirkat, kooperativ ulushiga ega bo’lgan a‘zo.