Promille
Promille — biron-bir sonning mingdan bir ulushi. Suvning sho`rligini aniqlashda promille suvning 1000 og`irlik ulushiga necha ulush foiz to`g`ri kelishini bildiradi. Dunyo okeani suvining o`rtacha sho`rligi 35 promille.
Promille — biron-bir sonning mingdan bir ulushi. Suvning sho`rligini aniqlashda promille suvning 1000 og`irlik ulushiga necha ulush foiz to`g`ri kelishini bildiradi. Dunyo okeani suvining o`rtacha sho`rligi 35 promille.
Preriya (fransuzcha preri – o`tloq) — Shimoliy Amerikadagi dasht. Qoyali tog`lar bilan Missisipi daryosi oralig`ida. Asosan boshoqli o`tlar o`sadi, tuprog`i qora tuproq. Hozirgi vaqtda deyarli yoppasiga haydab yuborilgan.
Polonina — Karpat tog`larining baland tog` o`tloqlari bilan qoplangan, tepalari yassi baland qismining nomi.
Plita — platformalarning ustini salgina qiya yoki gorizontal cho`kindi jinslar qoplangan botiq qismlari. Platformalarda zaminning kristalli va metamorfik qattiq jinslarini keyingi geologik davrlarning dengiz va kontinental yotqiziqlari qoplashidan vujudga keladi.
Plyos — daryo o`zanining sayoz joylari orasidagi chuqurroq qismlari.
Plyos– daryoning sayoz qismlari orasidagi chuqur joy.
Plitalar– yerni tashqi qobig`i bo`lib, ular soni 13 tani tashkil etadi.
Plantatsiya (lotincha plantasio — ekin ekish) — mahsuloti aksari eksport qilinadigan kofe, kakao, choy, shakarsamish, paxta, sholi, kauchukli ekinlar ekish bilan shug`ullanadigan yirik qishloq xo`jaligi korxonasi.
Planetezimal- planetalarni hosil qilgan dastlabki kosmik chang va gazlar. Ular koinotda bulutlar ko`rinishida bo`lgan. Hozirgi vaqtda ham galaktikadagi yulduzlar oralig`idagi fazoda, ayniqsa galaktika markazi yaqinida bunday chang va gaz tumanliklari … Read More