Peridotit
Peridotit — aksari olivin, piroksendan iborat, yer po`stining chuqur qismida hosil bo`lgan magmatik tog` jinsi. Ko`pincha yashil va yashil-kulrangda bo`ladi.
Peridotit — aksari olivin, piroksendan iborat, yer po`stining chuqur qismida hosil bo`lgan magmatik tog` jinsi. Ko`pincha yashil va yashil-kulrangda bo`ladi.
Pemza (lotincha pumeks – ko`pik) — vulkan otilishidan paydo bo`lgan otqindi tog` jinsi, teshik-teshik lava. Yog`och, tosh, metallarni pardozlash uchun ishlatiladi va yengil betonga qo`shiladi.
Pelagial organizmlar – suv havzalari (okean, dengiz, ko`llar) ning suvli qatlamida yashovchi organizmlar. Pelagial organizmlar — harakatchan organizmlar, ya’ni nekton va oqim bo`yicha passiv harakat qiluvchi — planktonga bo`linadi.
Pag`a qor — yirik yumshoq qor. Iliq frontda nam havoning yuqoriga tez ko`tarilishi jarayonida yog`adi. Ko`pincha erta bahorda kuzatiladi.
Pag`a bulut — bulutlarning xalqaro klassifikatsiyasidagi bulut turlaridan biri — Altocumulus. Oq yoki kul rang tusli paxta uyumiga o`xshaydi. Troposferaning o`rta qismida suv tomchilaridan paydo bo`ladi.
Patsimon qat-qat bulut — bulutlarning xalqaro klassifikasiyasidagi un xil bulutning biri- Cirrostratus (Cs). To`lqinlangan yupqa kumushsimon bulut. Troposferaning yuqori qatlamlarida paydo bo`ladi. Muz kristallchalaridan iborat. Iliq frontning yuqori qismida vujudga … Read More
Pasttekislik- okean sathidan 200 m gacha baland bo`lgan tekislik. Masalan, Amazonka pasttekisligi. Okean sathidan past bo`lgan pasttekisliklar ham bo`ladi (Masalan, Kaspiybo`yi pasttekisligi).
Past tekislik — atrofidagi joylarga nisbatan past (pastqamda) joylashgan tekislik.
Pastlik, pastlik yer — atrofdagi joylarga qaraganda past, botiq yerlar. Pastlar suffozion cho`kish, oqar suvlar eroziyasi oqibatida hosil bo`ladi. Cho`llarda shamol hosil qilgan soyliklar o`rnida ham vujudga keladi. Pastliklarda yer … Read More
Pastlama buloq — suvi oqib tushadigan buloq. Suvli qatlamdagi suv sathi buloq chiqqan joyga nisbatan baland bo`lganda hosil bo`ladi.