Pererojdeniye, qayta tug’ilish nima degani
Pererojdeniye, qayta tug’ilish nima degani – to’qimalar, a’zolar tuzilishi va (yoki) faoliyatining ayrim kasalliklar oqibatida o’zgarishi. Bunda ularning yashash qobiliyati pasayadi, faoliyati susayadi.

Pererojdeniye, qayta tug’ilish nima degani – to’qimalar, a’zolar tuzilishi va (yoki) faoliyatining ayrim kasalliklar oqibatida o’zgarishi. Bunda ularning yashash qobiliyati pasayadi, faoliyati susayadi.
Perforatsiya nima degani – biron bir a’zoda teshik hosil bo’lishi. Turli kasalliklarning kechish jarayonining asorati deb hisoblanadi. Ayrim hollarda tekshiruv davomida yoki a’zo devorini tasodifan jarohatlash sababchi bo’ladi.
Perfuziya nima degani – a’zo, tana qismi yoki butun organizmning qon tomirlari orqali fiziologik eritmalar, qon o’rnini bosadigan va boshqa suyuqliklar bosim ostida o’tkazish usuli.
Petexiya nima degani – gemorragik dog’larning bir turi, kapillyar qon tomirlardan qon quyilishi natijasida teri va shilliq pardalarda paydo bo’ladigan qonli dog’larning turli xili.
Pigmentatsiya nima degani – to’qima va a’zolarda alohida moddalar – pigmentlar hosil bo’lib, to’planib qolishi tufayli ana shu to’qima va a’zolar rangining o’zgarishi.
Piyemiya nima degani – sepsis turlaridan biri, orhanizmning umumiy yiringli infeksiyasi. Metastatik fasod boylagan joylar hosil bo’lishi bilan kechadi.
Pileflebit nima degani – darvoza venaning yallig’lanishi. Ko’pincha ingichka ichak yiringli yallig’lanish kasalliklari natijasida kelib chiqadi. Yiringli pileflebit piemiya simptomlari bilan o’tadi.
Pilomotorniye nervniye volokna nima degani – sochlarni ko’taradigan silliq mushaklarni nervlar (pilomotorlar) bilan ta’minlaydigan vegetatir nerv sistemasining simpatik qismi tolalari.
Pilorospazm nima degani – me’da harakat funksiyasining buzilishi; me’daning chiqish qismi tonusining kuchayishi bilan o’tadi. Ovqatning me’dadan chiqishi qiyinlashadi.
Pilyuli, habdorilar nima degani – dozalar bo’lingan, ichishga mo’ljallangan, dumaloq shaklli qattiq dori turi, og’irligi 0,1-0,5 g gacha bo’ladi. Habdorilar yordamchi va dori moddalar aralashmasidan cho’ziluvchan zuvala holiga keltirilgan massadan … Read More