Qozog’iston arxarmerinosi

Qozog’iston arxarmerinosi — go’sht-jun yo’nalishidagi mayin junli qo’y zoti. 1930-50 yillarda Qozog’istonda turlararo duragaylash usuli bilan chiqarilgan. Novokavkaz zotli urg’ochi merinosni ovlab o’ldirilgan yovvoyi arxar qo’chqori urug’i bilan urug’lantirib olingan … Read More

Qonunchilik tashabbusi

Qonunchilik tashabbusi — qonun loyihalarini qonun chiqaruvchi organlar muhokamasiga taqdim etish huquqi; mazkur organlar qonun loyihasini muhokama qilishga va shu loyiha yuzasidan qaror qabul qilishga majbur. Zamonaviy davlatlarda Qonunchilik tashabbusi … Read More

Qontalash

Qontalash — yumshoq to’qimalarga qon quyilishi. Shikastlangandan bir necha soat (ba’zan bir necha minut) keyin gavda to’qimalarining yuzasiga qon quyilishi bilan kechadi. Qontalash oldiniga to’q qizil rangda bo’ladi; quyilgan qondagi … Read More

Qodirov Tavakkal

Qodirov Tavakkal (1926.24.4, Quva tumani — 1996.13.4, Farg’ona) — xonanda (lirik tenor), O’zbekiston xalq artisti (1989). Farg’ona musiqa bilim yurti (1961) va Farg’ona pedagogika inti (1990) ni tugatgan. Dastlab quvalik … Read More

Qodirov Ochil

Qodirov Ochil (1910 — Samarqand viloyati Qo’shrabod tumani Sebiston qishlog’i — 1945) — 2-jahon urushi qatnashchisi, oddiy askar. 1941 yildan frontda. 1348-o’qchi polki (1-Belorussiya fronti 48-armiyaning 399-o’qchi diviziyasi) pulemyotchisi. Polshaning … Read More

Qodirov Ayub

Qodirov Ayub (1918.10.5, Buxoro — 1981, Toshkent) — sozanda (nay), O’zbekiston xalq artisti (1970). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1956). O’zbek davlat filarmoniyasida xalq cholg’u orkestri (1936-38, 1950-56, 1968- 74), Tamaraxonim ansambli … Read More

Qodiriylar

Qodiriylar — tasavvuf tariqati. 13-asr oxirida Iroqda tashkil topgan. Abdulqodir Geloniy (1077— 1166) asos solgan deb hisoblanadi. Abdulqodir Geloniyning o’zi sufiy bo’lmagan, lekin uning mashhurligidan tasavvufiy bilish yo’lining g’oya va … Read More

Qodir baxshi

Qodir baxshi (taxallusi; asl nomi Abdi Rahimov) (1937.16.4 — Dehqonobod tumani Chalka qishlog’i — 1986.29.8) — baxshi. Buxoro pedagogika institutini tugatgan (1966). Baxshilik sirlarini dastlab bobosi turdi baxshidan o’rgangan. So’ng … Read More

Qovurg’a

Qovurg’a — umurtqa pog’onasi bilan birikkan, yoysimon qayrilgan juft suyaklar. Sudralib yuruvchilar, qushlar, sut emizuvchilar va odamda to’sh suyagi bilan birlashib, ko’krak qafasini tashkil etadi. Qovurg’alarga muskullar birikkan bo’lib, u … Read More

Qodisiya jangi

Qodisiya jangi — Sa’d ibn Abu Vaqqos qo’mondonligi ostidagi Arab qo’shini bilan Xuroson hokimi Rustam ibn Farruxzod qo’mondonligidagi sosoniylar qo’shini o’rtasida xira(Iroq) dagi Qodisiya qishlogi yaqinida bo’lgan jang (636 yil, … Read More