Quluntoy
Quluntoy-toychoqdek yayrab, shodlanib o’ssin
Quluntoy-toychoqdek yayrab, shodlanib o’ssin
Qulfiddin-dinning mustahkamligi, dinning irodali, sobitqadam farzandi yoki dinning gullab-yashnashi, dinning rivoji, go’zalligi
Qulunboy-qulun (1 yillik toy, emuvchi toychoqdek go’zal bola yoki qulundek o’ynoqlab, yayrab o’ssin)
Qultosh-Allohning toshdek mustahkam bandasi (quli); ehtimol: Qultosh<Gultosh
Qultoy-Allohning erka, suyukli bandasi yoki erka qul. Ehtimol: Qultoy<Qultoy<Gultoy
Qulomon-Allohning sodiq bandasi bo’lgan bola sog’-omon ulg’aysin
Qulniyoz-Allohdan yolvorib, so’rab olingan bola yoki Allohning tuhfasi, sovg’asi
Qulnazar-Allohning e’tibori (nazari) tushgan bola, Allohning iltifoti, muruvvati tufayli tug’ilgan bola
Qulmuhammad-Muhammad (s.a.v.) ning sodiq xizmatkori (quli) bo’lsin
Qulmo’min-Allohning yovvosh, mo’min-qobil bandasi (quli)