Qarqara
Qarqara-turnaga o’xshash va bo’ynidan yuqorisi qora rangi qush yoki qarqara urug’iga mansub bola
Qarqara-turnaga o’xshash va bo’ynidan yuqorisi qora rangi qush yoki qarqara urug’iga mansub bola
Qarshi-avvalgi turmagan bolalarning aksi, sog’ ulg’ayuvchi bola yoki tug’ilishi qiyin kechgan bola. Shakllari: Qarshiboy, Qarshigul, Qarshijon, Qarshioy
Qarchig’ay-qarchig’aydek ziyrak, jasur bo’lib o’ssin
Qarbug’a-jasur, yengilmas, qahramon
Qari// Qarri-marhum bobosining ismi bilan atalgan bola
Qaramon-qorachadan kelgan, qora bola yoki muhofazaga olingan yoxud qaramon urug’iga mansub bola
Qanot-sog’ ulg’ayib ota-onasiga suyanch, tayanch, qanot bo’lsin yoki sog’ ulg’ayib yukrsak martabalarga erishsin, tolei baland bo’lsin. Shakllari: Qanotboy, Qanotxon
Qanoatulla-Allohning sabr-qanotli bandasi
Qanoat-Alloh bergan farzandlar bilan qanoatlandik, bolalar yetarli bo’ldi yoki sabrli, toqatli bola. Asli: Qanoatulla. Shakllari: Qanoatjon, Qanoatxon, Qanoatsho
Qandxon-shirin, yoqimtoy va baland martabali qiz