Qo’ysintosh
Qo’ysintosh-sog’, osoyishta va toshdek mustahkam bola
Qo’ysintosh-sog’, osoyishta va toshdek mustahkam bola
Qo’ymurod-murodu maqsadimiz, orzuimiz bo’lgan bola ulg’ayib murodiga yetsin
Qo’yli-sog’ ulg’ayib qo’ylari ko’p, badavlat bo’lsin
Qo’yliqul-Allohning boy-badavlat bandasi (quli)
Qo’zioy-suyukli, erka va oydek suluv qiz yoki qo’ylar qo’zilaydigan mavsumda tug’ilgan oydek go’zal qiz
Qo’yboqar-ulg’ayib qo’zilarni boqsin, ya’ni qo’ylari, mol-dunyosi ko’p, badavlat bo’lsin
Qo’zim-erkatoyim, suyuklim yoki “qo’zi” so’zi bilan boshlangan ba’zi qo’shma ismlarning erkalash-qisqartma shakli
Qo’ziyor-suyukli, erka o’g’ilga Alloh o’zi yor bo’lsin yoki boylik, davlat sohibi
Qo’zigul-qo’zigul (erta bahorda ochiladigan sariq gulli o’simlik) ochilgan paytida tug’ilgan qiz yoki qo’ziguldek nozik, chiroyli qiz
Qo’zi-suyukli, erkatoy bola yoki molli-davlatli bo’lsin yoxud qo’ylar qo’zilagan maxsumda tug’ilgan bola. Shakllari: Qo’ziboy, Qo’zibek, Qo’zixon