Qatron eritgich
Qatron eritgich – qatronni eritishga mo’ljallangan uskunalar to’plami (qozon, qatron quvuri, shamollatish tizimi, nasos, boshqaruv pulti va hokazolar).
Qatron eritgich – qatronni eritishga mo’ljallangan uskunalar to’plami (qozon, qatron quvuri, shamollatish tizimi, nasos, boshqaruv pulti va hokazolar).
Qatron ombori – bitumni uzoq muddatli yoki qisqa muddatli saqlash, uni quyish nuqtasiga, bitumli isitish qozonlariga qizdirgan holda tushirish uchun mo’ljallangan. Bitum ombori 100-3000 tonna sig’imga ega bo’ladi.
Qatron quvuri – tashqi idishdan qozonni suyuq biriktiruvchi bilan to’ldirish, uni bir qozondan ikkinchisiga o’tkazish, barcha qozonlarda aylanma almashinuvni amalga oshirish, shuningdek, qozondan tayyor bitumni chiqarish imkonini beradi.
Qatronli karton – tom yopish qog’ozini past eriydigan moyli bitum bilan singdirish, so’ngra uni o’tga chidamli bitum qatlami bilan qoplash va asbest, talk, qum va boshqalar bilan himoyalangan o’ramli tom … Read More
Qatronli bog’lovchilar – kimyo zavodlarida qattiq yoqilg’ini qayta ishlashning ikkilamchi mahsuloti. Qurilishda, asosan, organik bog’lovchilarning bir guruhiga kiruvchi toshko’mirli qatron va toshko’mirli smoladan foydalaniladi.
Qatronli beton – asfalt-betonga o’xshash sun’iy qurilish konglomerati, unda ko’mir qatroni organik bog’lovchi sifatida ishlatiladi.
Qatronlamoq (qatron surkash) – suvga chidamliligini ta’minlash uchun qatron bilan qoplash.
Qatronlash – bitumdan foydalangan holda tuproqlarni mahkamlash usuli. Tuproqni texnik melioratsiya qilish usullaridan biri. Masalan: qizdirib qatronlash, sovuqlayin qatronlash va hokazolar.
Qatron tashuvchi mashina – ixtisoslashtirilgan texnika, ya’ni tsisterna shaklida tirkama yoki yarim tirkamali yuk mashinasi. Ushbu yuk mashinasi bitumni qisqa muddatli saqlash yoki zarur bo’lganda, ham qisqa, ham uzoq masofalarga … Read More
Qatron-beton – bog’lovchi sifatida qatron yoki pekni tarkibiga kiradigan asfalt-betonga o’xshash material. U to’ldiruvchilarning kattaligiga qarab yirik, o’rtacha va mayda donalarga bo’linadi.