Roka

Roka — Pirenei yarim orolidagi burun, Portugaliyada. Yevropaning eng chekka g’arbiy nuqtasi (9°34′ G’.u. va 38°47′ sh.k.).

Rol

Rol (Fransuzcha) — 1) sahnada, ekranda aktyor tomonidan ijro etilgan badiiy obraz. Hajviy (komedik), fojiaviy (tragik), dramatik, tragikomedik, shu- ningdek, birinchi (asosiy) va ikkinchi darajali (epizodik) Rol bo’ladi; 2) Aktyorning … Read More

Romankosh

Romankosh — Qrim yarim orolidagi eng baland cho’qqi. Babuganyayla tog’larida, Qrim tog’larining Janubiy gryadasida. Balandligi 1545 metr. Ohaktoshlardan tarkib topgan.

Romanovlar

Romanovlar — 1416-asrlarda Rossiyadagi boyarlar urug’i, 16-asr boshigacha Koshkinlar, 16-asr oxirigacha Zaxarinlar deb atalgan. 1613 yildan podsholar, 1721 yildan imperatorlar sulolasi. Romanovlardan chiqqan 1-podsho — Mixail Fyodorovich, 1-imperator — Pyotr … Read More

Romboedr

Romboedr (romb va Yunoncha hedra — asos, yon, tomon) — hamma yokdari teng romblar bo’lgan parallelepiped. Ba’zi kristallarning, masalan, Island shpatining kristallari Romboedr shaklida bo’ladi. Parallelepiped faqat uchinchi tartibli simmetriya … Read More

Rosh

Rosh — ekinlarni jo’yaksiz sug’organda pollarni bir-biridan ajratish uchun yasalgan marza, ko’tarma. Buxoro viloyatining bir nechta tumanlarida ko’p qo’llaniladi. Rosh bellik, chel deb ham ataladi.

Rubbia (Rubbia) Karlo

Rubbia (Rubbia) Karlo (1934) italyan fizigi. Oraliq vektor bozonlar (W* va Z») — kucheiz uzaro ta’sir kvantlarini, shuningdek, kvarkni ochgan amaliyotchi guruhga rahbarlik qilgan. Nobel mukofoti laureati (1984; S. van … Read More

Rubsovsk

Rubsovsk — Rossiya Federatsiyasi Oltoy o’lkasidagi shahar (1927 yildan). Aley daryosi bo’yida. Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 165,1 ming kishi (1998). Rubsovsk — qishlo xo’jalik mashinasozligining yirik markazi. «Altaytraktor», «Altayselmash» mashinasozlik … Read More

Rumeliya

Rumeliya (turkcha Rumeli) — 14— 15-asrlarda Usmonli turk imperiyasi tomonidan Bolqon yarim orolidagi bosib olingan yerlarning umumiy nomi. 16-asr oxiridan 19-asrgacha markazi Sofiya bo’lgan turk viloyati (Bolgariya, Serbiya, Gersegovina, Albaniya, … Read More