Renting

Renting (inglizcha renting) — mashina va uskunalarni keyinchalik sotib olmaslik sharti bilan qisqa muddatga (1 yilgacha) ijaraga olish. Lizingga qaraganda ijara haqi qimmat turadi, bu esa Renting kompaniyalarining ijara harajatlari … Read More

Rentgen kontrast moddalar

Rentgen kontrast moddalar — organizmga kiritilganda tekshiriladigan ob’yekt tasvirini aniq ko’rsatadigan kimyoviy moddalar. Ular rentgen nurlari yutilishini yo’naltirib yoki kamaytirib, kontrast tasvir hosil qiladi. «Og’ir» Rentgen kontrast moddalar (bariy sulfat, … Read More

Renetlar, ranetlar

Renetlar, ranetlar (Fransuzcha reinette) — qishki olma navlari guruhi. Mevasi sentabr— oktabrda. terib olinadi, hosilini bahorgacha saqlash mumkin. O’zbekistonda Simirenko, Landsberg, Mantauner, Vaynsep va boshqa navlar yetishtiriladi.

Renegat

Renegat (lotincha renego — voz kechaman) o’z maslagidan kaytib, dushman tomoniga o’tib ketgan odam; murtad, xoin, sotqin.

Rekvizit

Rekvizit (lotincha reguisitum — kerakli, zarur) — spektakl davomida badiiy sahna bezash yoki aktyor uchun kerak bo’lgan zarur (rostakam yoki yasama) buyumlar, mebel, uy ichi jihozlari, qurol-aslaha, gullar va boshqalar.

Reyter

Reyter — Angliyaning eng yirik axborot agentligi. 1851 yil Londonda Reyter (P. J. Reuter) tomonidan tashkil etilgan. Xususiy sohibkorlar tresti. Chet el xabarlarini tarqatadi.

Reysfeder

Reysfeder (nemischa reipen — chizmoq va Feder — Pero) — tush yoki boshqa suyuq bo’yoq bilan chiziqlar chizish uchun mo’ljallangan chizmachilik asbobi. Reysfeder bilan chiziqlar chizishda chizg’ich yoki lekalodan foydalaniladi. … Read More

Reinvestitsiya

Reinvestitsiya (re… va investitsiya) — investitsiyalar bo’yicha daromadlar ko’rinishida olingan va ishlab chiqarishni kengaytirish uchun yo’naltirilgan mablag’lar. Moliyaviy (qimmatli qog’ozlarga qo’yiladigan) va Real (asosiy va aylanma kapitalga qo’yiladigan) Reinvestitsiyaga bo’linadi.