RAJABOV DAVRON BAHROMOVICH

RAJABOV DAVRON BAHROMOVICH (1936.28.12, Navoiy tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (2002). Buxoro pedagogika institutini tugatgan (1960). 1960 yildan Navoiy tumanidagi 7-maktabda matematika va chizmachilik o’qituvchisi, maktab direktori o’rinbosari. O’quvchilarga … Read More

RASSOM

RASSOM (Arabcha) — tasviriy san’at sohasidagi ijodkor. Qog’oz, karton, mato va boshqa materiallarga, shuningdek, binolarning devor va shiftlariga turli usullarni qo’llagan holda badiiy asar yaratuvchi san’atkor. Rassom inson faoliyati, hayoti … Read More

RAPPORT

RAPPORT (Fransuzcha rapporter — qaytarish) — gazlama, gilam, trikotaj, kashta, keramik buyumlar, gul qog’oz va boshqa naqshining takrorlanadigan qismi. Gazlamada arqoq va tanda Rapportlari bo’ladi.

RANTE

RANTE (Fransuzcha rentier, rente — Renta) — qarzga bergan pulidan foizlar yoki sotib olgan qimmatli qog’ozlardan dividendlar hisobiga yashaydigan shaxs.

RANGPUR

RANGPUR — Bangladeshning shimoliy qismidagi shahar. Aholisi 189 ming kishidan ziyod (1990-yillar o’rtalari). Qishloq xo’jalik rayonining savdo markazi. Temir yo’l stantsiyasi. Oziq-ovqat sanoati korxonalari (Yirik qand zavodi) bor.

RANGKO’L

RANGKO’L — Pomirdagi ko’l. Tojikiston Respublikasi tog’li Badaxshon Muxtor viloyatida. Sharqiy Pomirda, 3782 metr balandlikda. Maydoni 7,8 kilometr kvadrat. Eng chuqur joyi 2,5 metr. Qirg’oqlari yassi, ayrim joylari botqoq. Suvi … Read More

RAMSES II

RAMSES II (taxtga o’tirgandan so’ng —Usermaat-Rasotepenra) — Misr fir’avni (miloddan avvalgi 1290-24). Misrning 14-asr boshida Falastinda yo’qotgan mavqeini qayta tiklagan. Xettlar bilan uzoq muddat kurashgan; keng miqyosda qurilish bunyodkorlik ishlari … Read More

RAYIMOV XUDOYNAZAR

RAYIMOV XUDOYNAZAR (1947.3.9, Beshariq tumani) — O’zbekiston Respubsikasi xalq o’qituvchisi (2002). Qo’qon pedagogika institutini tugatgan (1969). 1969 yildan Beshariq tumanidagi 4-maktabda, 1970-2002 yillarda 13-maktabda ona tili va adabiyoti o’qituvchisi. Bolalarga … Read More

RAIYAT

RAIYAT (Arabcha) — 1) biror o’lka yoki mamlakat aholisi; 2) o’rta asrlarda yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida dastlab barcha soliq to’lovchi qishloq va shahar aholisi. Usmonli turk imperiyasida 18- asr … Read More

RAIMBERDIYEVA LYUDMILA BOLTABOYEVNA

RAIMBERDIYEVA LYUDMILA BOLTABOYEVNA (1948.15.4, O’rta Chirchiq tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). Respublika rus tili va adabiyoti institutini tugatgan (1973). 1969 yildan O’rta Chirchiq tumanidagi 40-maktabda nemis tili, 1981-98 … Read More