RAJABOV QO’ZI UZOQOVICH

RAJABOV QO’ZI UZOQOVICH (1946.10.3, Usmon Yusupov tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). Buxoro pedagogika institutini tugatgan (1967). 1967 yildan Usmon Yusupov tumanidagi N. Nuriddinov nomli maktabda, 1995-2001 yillarda 2-ixtisoslashgan … Read More

RAJABOV TOHIR

RAJABOV TOHIR (1942.17.9, Sho’rchi tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1993). Qarshi pedagogika institutini tugatgan (1965). 1965 yildan Sho’rchi tumanidagi 35-maktabda o’qituvchi, maktab direktori o’rinbosari, 1979-99 yillarda Oltinsoy tumanidagi 24-maktabda … Read More

RADIUS VEKTOR

RADIUS VEKTOR — uchi tekislik (fazo) dagi ixtiyoriy nuqtada, boshi biror aniq nuqta (qutb) da bo’lgan (om) vektor. Dekart koordinatalari tizimining koordinata boshi qutb bilan ustma-ust tushsa, Radius vektorning komg … Read More

RADIUS

RADIUS (lotincha radius — nur) — aylana (yoki sfera) ning ixtiyoriy nuqtasini uning markazi bilan tutashtiruvchi kesma. Radius aylana diametrining yarmiga teng.

RADIOLA

RADIOLA — radiopriyomnik va elektroproigrivatel konstruktiv jihatdan birlashtirilgan radioqurilma; radioeshittirishlarni qabul qilish va gramplastinka qo’yib eshitishga imkon beradigan mexanizm va dvigatel mustaqil ishlaydi, lekin tovush radiopriyomnikning past chastota kuchaytirgichida kuchaytirilib, … Read More

RADIOAKTIV RUDALAR

RADIOAKTIV RUDALAR — tarkibida radioaktiv elementli (238U, 235U va 232Th radioaktiv qatorining uzoq muddat yashovchi izotoplari) minerallar mavjud bo’lgan rudalar.

RADIOAKTIV IZOTOPLAR

RADIOAKTIV IZOTOPLAR — kimyoviy elementning beqaror, parchalanuvchi izotoplari. Radioaktiv izotoplar tabiiy (50 dan ortiq) va laboratoriya sharoitida turli yadro reaktsiyalari natijasida olinadigan sun’iy (1000 dan ortiq) xillarga bo’linadi. Barcha kimyoviy … Read More

RADIAN

RADIAN (radius so’zidan) — uzunligi radiusga teng bo’lgan yoyga mos burchak. Bir Radian taxminan 57°17’44,8″ga teng. a Radian 180° gradusdan, p gradus Radiandan iborat. Butun aylana 2ya Radian bilan o’lchanadi. … Read More

RAD

RAD (rad inglizcha radiation absorbed dose so’zlaridan) — yutilgan nurlanish dozasi. Birliklar tizimiga kirmagan. Massasi 1 gramm bo’lgan moddaga yutilgan har qanday nurlanishning 100 erg energiyasiga teng. Rad bilan belgilanadi. … Read More

RAZVEDKA

RAZVEDKA (ruscha) — vaziyatni baholash va qaror qabul qilish uchun mavjud yoki ehtimol tutilgan dushman, joy va boshqalar haqida ma’lumotlar to’plash maqsadida amalga oshiriladigan tadbirlar majmui.