Relyef
Relyef– yer yuzasi, okean va dengiz tubidagi notekisliklar yig`indisi. Yunoncha ko`tarilaman degani.
Relyef– yer yuzasi, okean va dengiz tubidagi notekisliklar yig`indisi. Yunoncha ko`tarilaman degani.
Rekultivatsiya (lotincha re- qaytadan, yangitdan, lotincha kultivo — ekib obod qilaman) — kishilar faoliyati (konlar qazish, gidroinshootlar qurish, o`rmonlarni kesish, shaharlar bunyod etish va b.) natijasida ekin bitmaydigan bo`lib qolgan … Read More
Rezervatsiya, rezervat (lotincha rezervo — saqlayman) — mamlakatning tub-joy aholisi majburan haydab chiqariladigan rayonlar: AQShda indeetslar, JARda — afrikaliklar, Avstraliyada aborigenlar uchun rezervatsiya ajratilgan.
Regressiya— dengizning chekinishi. Regressiya quruqlikning ko`tarilishi yoki okean tubining cho`kishi, yoinki, okean havzasida suv hajmining kamayishi oqibatida ro`y beradi.
Region (lotincha regio — o`lka) — yirik hududiy birlik (masalan, tabiiy, iqtisodiy, siyosiy rayon); Region odatda rayonga nisbatan kattaroq bo`ladi.
Reg— qum, qumloq, qumli joy. O`rta Osiyodagi shaharlarda jamoat to`planadigan markaziy maydonlarga quruq bo`lsin deb yerga qum solib qo`yilgan. Bunday joylar registon, ya’ni qumli joy deb atalgan.
Regresiya — quruqlikning ko`tarilishi yoki okean suvining kamayishi tufayli dengiz suvining uzoq vaqt davomida quruqlikdan chekinishi.
Rapa– sho`r ko`l suvi.
Rayonlashtirish — hududda ma`lum qonuniyat asosida joylashgan va xususiyatlariga ko`ra geografik o`rniga bog`liq bo`lgan narsa va hodisalarni ilmiy asosda sistemaga solishga aytiladi.
Rayonlar — ajratishda asos qilib olingan umumiy xususiyatlariga ko`ra bir-biridan farq qiladigan hududlar.