Reper

Reper – mutlaq balandligi ma’lum bo’lgan yer yuzasining muayyan nuqtasida joylashgan belgi. Masalan: gruntga o’rnatilgan reper, nazorat reperi, tayanch reper, ishchi reper, devor reperi va hokazolar.

Reologiya

Reologiya – moddaning deformatsiya xususiyatlari va suyuqligini o’rganadigan fizika bo’limi. Fizik va kolloid kimyo kabi fanlar natijalariga asoslanib, reologiya elastiklik nazariyasi va gidrodinamika o’rtasida oraliq pozitsiyani egallaydi. Masalan: gruntlar reologiyasi.