Retinopatiya nima degani
Retinopatiya nima degani – ko’z to’r pardoning gipertoniya va qand kasalligi ta’sirida markaziy qismi – sariq dog’ sohasidagi zararlanishi.

Retinopatiya nima degani – ko’z to’r pardoning gipertoniya va qand kasalligi ta’sirida markaziy qismi – sariq dog’ sohasidagi zararlanishi.
Rastyajeniye (distorsiya), et uzilishi nima degani – yumshoq to’qimalar (mushaklar, boylamlar, paylar, nerv tolalari)ning kuch ta’sirida anatomik butunligining o’zgarmasdan cho’zilishi.
Raxit nima degani – organizmning umumiy kasalligi; moddalar almashinuvi (ko’proq kalsiy va fosfor almashinuvi)ning buzilishi bilan, suyak hosil bo’lishi va bir qator a’zolar hamda sistemalar funksiyasining anchagina buzilishi bilan o’tadi.
Reabilitatsiya v meditsine, tibbiyotda reabilizatsiya nima degani – kishilarning boshdan kechirgan kasalliklar va shikastlanishlar natijasida chegaralangan jismoniy hamda ruhiy imkoniyatlarini e’tiborga olib, sog’lig’i va mehnat qilish qobiliyatlarini tiklashga qaratilgan tadbirlar … Read More
Reabsorbtsiya nima degani – buyraklar naychalarida oqadigan dastlabki siydikdan suv va unda erigan moddalarning qonga qayta so’rilishi; bu organizmdan chiqib ketadigan oxirgi siydik hosil bo’lishiga olib keladi.
Reaktivatsiya kletok, hujayralar tiklanishi nima degani – hujayra tuzilmalari va ular funksiyasining tuzatish mumkin bo’lgan shikastlanishlaridan so’ng tiklanishi.
Reaktsiya nima degani – 1) organizmning biror tashqi yoki ichki ta’sirlarga javob berishi; 2) kimyoviy reaksiya – moddalarning kimyoviy o’zgaris jarayoni; 3) eritmalarning ishqoriy yoki kislotali xususiyatlari; 4) test – … Read More
Reamputatsiya nima degani – qayta amputatsiya. Amputatsiya bo’lgan yerda bitmaydigan yaralar paydo bo’lsa yoki o’sha joyni protezlashga moslash kerak bo’lsa, qaytadan amputatsiya qilish.
Regeneratsiya, qayta tiklanish – 1) tiklanish, asliga kelish; o’lgan hujayralar, to’qimalarning qayta tiklanishi; 2) biologiyada – organizmda olib tashlangan yoki shikastlangan qism o’rnida yangi qism hosil bo’lishi.
Regurgitatsiya nima degani – organik yoki funksional sabablarga ko’ra kovak a’zolar va tizimlar (ovqat hazm qilish va siydik yo’llari, yuak-qon tomir tizimi, bachadon va boshqalar)dan qon, suyuqlik va gazlarning orqaga … Read More