Retsept nima degani
Retsept nima degani – dorixonaga dori tayyorlash va bemorga buyurilgan dorini berish to’g’risida, shuningdek, mazkur dorini qo’llanish tartibi to’g’risida shifokor yozib bergan hujjat.

Retsept nima degani – dorixonaga dori tayyorlash va bemorga buyurilgan dorini berish to’g’risida, shuningdek, mazkur dorini qo’llanish tartibi to’g’risida shifokor yozib bergan hujjat.
Retsessiya nima degani – g’ilaylikni to’g’irlash; jarrohlik operatsiyasi ko’zni harakatga keltiruvchi tashqi mushaklarni kesib, o’rnida orqaga ko’chirib biriktirish.
Ribonukleinovaya kislota (RNK), ribonuklein kislota (RNK) – polimer modda bo’lib, makromolekulasi polinukleotid spiralsimon zanjirlardan iborat. RNK hujayra sitoplazmasi va hujayra yadrosi tarkibiga kiradi.
Ribosim(i) nima degani – hujayra organellasi. Sitoplazmada erkin joylashgan, tarkibida rivosoma RNKsi bo’lgan va sitoplazmadaoqsillar sintezi markazi hisoblnadigan sferik elektron-zich donalar.
Rigidnost, taranglik nima degani – skelet mushaklarining tarang qotib qolishi, keskin kuchayishi va shakl o’zgartiradigan harakatlarga qarshilik ko’rsatishi bilan ifodalanadigan funksional holati.
Rinit nima degani – burun shilliq pardasining yallig’lanishi. Virus infeksiya (o’tkir rinit) yoki allergik reaksiya (allergik rinit) rinit sababi bo’lishi mumkin.
Rinoskleroma nima degani – burun bo’shlig’i shilliq qavatining surunkali yallig’lanishi; natijada shilliq pardada qattiq tugunchalar hosil bo’lib, burun bo’shlig’i yo’llarini toraytirib qo’yadi, so’ng kasallik tomoqqa va hiqildoqqa o’tib, nafas olish … Read More
Rogovaya obolochka glaza (rogovitsa), ko’zning muguz qavati (muguz qavat) nima degani – ko’z kosasi fibroz qobig’ining oldingi tiniq qismi. Oldingi sathi ko’p qavatli yassi epiteliy bilan, orqa sathi esa endoteliy … Read More
Roja, saramas nima degani – gemolitik streptokokk qo’zg’atadigan va terida, teri limfa tomirlari va shilliq pardalarida o’tkir yallig’lanish belgilari bilan ifodalanadigan yuqumli kasallik.
Rosta gormon, o’sish gormoni nima degani – organizmning o’sishini (suyaklarni uzunasiga va umuman tananing o’sishini) jadallashtiradigan uglevodlar, lipidlar va oqsilalar almashinuvini boshqarishda faol ishtirok etadigan somatotrop gormon, gipofiz gormoni, somatotropin.