Spirallar

Spirallar (Yunoncha spira — o’ram) — belgilangan nukta atrofida ko’p marta o’ralib, unga borgan sari yaqinlashadigan 2 yoki undan uzokdashadigan yassi egri chiziqlar. Spirallar xossalaridan fan va texnikaning turli sohalarida … Read More

Sport zali

Sport zali — sport o’yinlari (voleybol, basketbol, tennis), sportning gimnastika, boks, kurash, og’ir atletika, qilichbozlik turlari bo’yicha mashg’ulot va musobaqa o’tkazishga muljallangan maxsus bino.

Spot

Spot (inglizcha spot — naqd, haqi darhol to’lanadigan) — naqd tovar yoki valyuta oldi-sotdisi to’g’risida birja yoki birjadan tashqari kelishuv turi. Spot shartlarida sotilgan tovar haqi darhol to’lanadi, tovarning o’zi … Read More

Sprinter

Sprinter (inglizcha sprint — qisqa masofaga yugurish) —qisqa masofalardagi musobaqalarga (yengil atletika, konkida yugurish, suzish, velosiped sporti va boshqalarda) ixtisoslashgan sportchi.

Standart nav

Standart nav —qishloq xo’jaligi. Ekinlarining muayyan agroiqlimiy zonada rayonlashtirilgan va barcha turdagi selektsiya va nav sinash ishlarida etalon (andaza) qilib tanlangan eng yaxshi navi. Sinalayotgan yangi navlar hosildorligi va boshqa … Read More

Statistik mexanika

Statistik mexanika — juda ko’p sonli bir xil zarralardan tashkil topgan tizimlar xossalarini shu zarralarning xossalari va ularning o’zaro ta’sirlari asosida o’rganuvchi fizika bo’limi.

Statistik hisobot

Statistik hisobot — kompaniyalar, korxonalar, tashkilotlarning tasdiqlangan shakllarga muvofiq tuziladigan va belgilangan muddatlarda mintaqa (mahalliy) statistika organlariga topshirilishi majburiy bo’lgan hisobotlari majmui.

Status kvo

Status kvo (lotincha status guo muayyan paytdagi holat) xalqaro huquqda — mavjud bo’lib turgan yoki muayyan fursatda mavjud bo’lgan va saqlab qolish yoki tiklash to’g’risida so’z borayotgan siyosiy, huquqiy yoki … Read More